Nevill: "Reshford menga Nevillni eslatib yubordi"
31 okt 2022 16:43
Yangiliklar
Nevill: "Reshford menga Nevillni eslatib yubordi"
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Gari Nevill Markus Reshfordning golini yuqori baholadi.
Angliyalik futbolchi MYU safidagi 100-golini urdi va jamoasiga "Vest Xem" ustidan g'alaba keltirdi (1:0).
24 yoshli futbolchining boshi bilan yo'llagan zarbasini Nevill quyidagicha izohladi:
"Reshfordning bunday gol urishini tez-tez ko'rmaysiz. Mashg'ulotlarda u ushbu komponentda dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri Ronaldu buni qanday bajarayotganini ko'radi. Bu haqiqatan ham Krishtianuga o'xshardi", – dedi sobiq himoyachi.
"Vest Xem" ustidan qozonilgan g'alaba "Manchester Yunayted"ga APL turnir jadvalida beshinchi o'ringa ko'tarilish imkonini berdi.
Fikrlar