Nevill "Liverpul"ga: "Bavariya"ga mag'lub bo'lib, CHLni tark eting"
04 mar 2019 14:43
Yangiliklar


Nevill "Liverpul"ga: "Bavariya"ga mag'lub bo'lib, CHLni tark eting"
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi, ayni damda televideniyada ekspert sifatida ishlayotgan Gari Nevill "Liverpul"ga CHempionlar ligasidan chiqib ketishni maslahat berdi.
"Liverpul" Premer-ligada g'olib bo'lishi uchun taqvimni maksimal darajada bo'shatib olishi kerak deb hisoblayman. SHunday deb aytaman ham. "Bavariya"ga mag'lub bo'ling va CHempionlar ligasidan chiqib keting. Bu juda g'alati eshitiladi, chunki jamoa mag'lubiyat uchun o'ynay olmaydi-ku. Ammo fikrimcha, taqvimda tanaffuslar paydo bo'lsa, bu "Liverpul"ga chempionlik uchun kurashga yordam beradi" - deydi Nevill.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar