Nevill: "CHempionlik haqida gapirishga hali juda erta"
09 noy 2022 11:37
Yangiliklar
Nevill: "CHempionlik haqida gapirishga hali juda erta"
"Agar ular APLda g'alaba qozonishsa, bu reallikdan yiroqda bo'ladi. Lekin ular hali buni qilishmadi.
Arteta – ilg'or futbolni yaxshi ko'radigan murabbiy va uning jamoasi ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Biroq ular "CHelsi"ga qarshi (1:0) o'yindagi kabi uzoqdan pas uzatishlari, g'alaba qozonishlari mumkin va bu menga yoqadi.
Biroq chempionlik haqida gapirishga hali juda erta. Bu mavsum o'ziga xos tarzda o'tyapti va Jahon chempionatidan keyin nima bo'lishini bilmaymiz. Ammo mavsumning bu qismida "Arsenal" fantastik o'yin ko'rsatdi.
Menga ularning hujum chizig'i yoqyapti – Jezus, Saka va Martinelli. 20 ta o'yindan keyin nima bo'lishini ko'ramiz.
Agar ular ushbu mavsumda ikkinchi o'rinni egallasa, bu Mikel Arteta uchun katta yutuq bo'ladi va har hafta bu sodir bo'lishiga ishonib boryapman. Ammo aniq ayta olamanki, "Arsenal" kuchli to'rltikka kiradi", – dedi Nevill.
Fikrlar