Nemanya Yanichich: “Hech kim xatolardan sug'urtalanmagan”
14 sen 2016 12:34
Yangiliklar
Nemanya Yanichich: “Hech kim xatolardan sug'urtalanmagan”
Ushbu uchrashuvdan so'ng “Lokomotiv” klubi himoyachisi Nemanya Yanichich o'z fikrlari bilan o'shrtoqlashdi.
“Nima deyishni ham bilmayman. G'alaba qozonishga harakat qildik. Biz yarim finalga chiqishni xohlagan edik. Futbolda hamma narsa bo'ladi, shunchaki bizga omad kelmadi. O'z yurishimizni OCHLning chorak finalida yakunlashga majbur bo'ldik. Endi bizni ikkita, juda ham muhim bo'lgan vazifa kutib turibti. Ichki chempionatda va kubok bahsida g'olib bo'lishimiz kerak. “Al Ayn”ga qarshi o'yinda jamoadoshlarim barcha imkoniyatlarini ishga solishdi. Vaziyatlardan foydalana ololmadik, menimcha bizni kunimiz emas edi. “Al Ayn” klubi himoyadan qarshi hujumga o'tish taktikasini qo'llashdi. SHuning uchun ham biz hujumga o'tganda to'pni oldirib qo'ydik va raqib jamoa qarshi hujumda bizni jazolab ketdi. Bu futbol, futbol xatolarsiz bo'lmaydi. Hech kim xatolardan sug'urtalanmagan. Ular ham xato qilishdi lekin biz ulardan unumli foydalana ololmadik. Jamoamiz juda ham kuchli ohirigacha kurashamiz”, - deydi “Lokomotiv” klubi himoyachisi Nemanya Yanichich.
Jahongir Sotvoldiev
Fikrlar