"Neftchi" va "Andijon" matbuot kotiblari keyingi o'yinlarda ishtirok etadilar
18 mar 2015 13:48
Yangiliklar

"Neftchi" va "Andijon" matbuot kotiblari keyingi o'yinlarda ishtirok etadilar
Kecha oliy liganing qaysi jamoalarining matbuot kotiblari o'yinlarda ishtirok etganliklari haqida xabar bergan edik.
Unda uch jamoa, "Neftchi", "Andijon" va "Buxoro" vakillari musobaqaning birinchi turlarida qatnashmaganliklari malum qilindi. Bu xabar tezkorlik bilan klub rahbarlarining stoliga etib borgan ko'rinadi.
Andijonliklar uchun xush xabar, endi jamoa matbuot kotibi Boburbek Tursunov barcha safar o'yinlariga boradi. Har holda klub rahbariyati shunday vada berdi. "Neftchi" matbuot kotibi Oybek Veysal o'g'li esa betob bo'lib qolganliklari uchun birinchi o'yinda ishtirok eta olmagan ekanlar, keyingi barcha o'yinlarda sog'liqda muammo bo'lmasa, "Neftchi" matbuot xizmatida muammo bo'lmasligi malum bo'ldi.
Afsuski "Buxoro"dan sado chiqmadi. Demak, biz davom etamiz. Olg'a matbuot kotiblari!

Fikrlar