"Neftchi" safiga kelib chiqishi kamerunlik futbolchi qo'shildi
09 fev 2017 08:01
Yangiliklar
"Neftchi" safiga kelib chiqishi kamerunlik futbolchi qo'shildi
Turkiyada yig'in o'tkazayotgan "Neftchi" jamoasi tarkibiga ikki nafar belorussiyalik futbolchilar Sergey Koncevoy hamda Dmitriy Komarovskiy qo'shilgani haqida xabar bergan edik.
Kuni kecha farg'onaliklar safiga asli Kamerunda tug'ilgan bugungi kunda esa Belorussiya fuqarosi hisoblanadigan hujumchi Terentiy Lucevich kelib qo'shildi. 25 yoshli futbolchi o'tgan mavsumni Belarussiyaning "Torpedo-BelAz" jamoasida o'tkazdi. Faoliyati davomida Belorussiyaning bir qator jamoalarida to'p surgan. Bo'yi 1,93 sm bo'lgan hujumchi ayni paytda Andrey Fyodorov qo'l ostidagi jamoa safida shug'ullanmoqda.
Fikrlar