"Neftchi" rossiyalik futbolchi oldidagi qarzini malum qismini to'ladi
10 iyu 2020 09:36
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/580081_original.jpg)
![](/upload/storage/580081_220.jpg)
"Neftchi" rossiyalik futbolchi oldidagi qarzini malum qismini to'ladi
2018 yilgi mavsumda "Neftchi" jamoasida to'p tepgan rossiyalik legioner Vyacheslav Sushkin bilan klub o'rtasida yuzaga kelgan muammo xabar bergan edik.
O'zPFL direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev telegram kanalida malum qilishicha klub rossiyalik futbolchi oldidagi qarzining malum miqdorini to'lagan.
"Neftchi futbol klubi ustidan uning sobiq legioneri Vyacheslav Sushkin FIFAga arz qilgach, Farg'ona klubi uchun ketma-ket uch transfer oynasi yopib qo'yilgandi. Bizdagi malumotga ko'ra, "Neftchi" qarzdorlikning 45 foizini yopishga erishdi. Tez orada Sushkin bilan to'liq hisob-kitob qilish ustida ishlanyapti".
Malumot o'rnida aytish mumkinki, jamoa Pro liganing dastlabki ikki turida yuz foizlik natija qayd etgan holda turnir jadvalida birinchi o'rinda ketmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar