"Neftchi" qarorgohidan yangiliklar
16 dek 2013 12:07
Yangiliklar

"Neftchi" qarorgohidan yangiliklar
Farg'onaning “Neftchi” klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Olingan malumotlarga ko'ra Muqimjon Toshmatov, Eldor Boymatov, Mirzakamol Kamolov bugun "Neftchi" yig'iniga kelib qo'shiladi. Kamolov mavsumni farg'onaliklar safida tugatgandi va kuni kecha “Buxoro”ga o'tmoqchi ekani haqida intervyu bergandi. Biroq shanba kuni Toshkentga kelgan Amet Memet futbolchini klubda qolishga ko'ndirgan.
Oliy ligada bir necha mavsum o'ynagan Muqimjon Toshmatov bu yil birinchi liganing “Kosonsoy” klubida o'ynadi. Eldor Boymatov esa mavsumni “Nasaf”da boshlab “Qizilqum”da yakunladi.
SHanba va yakshanba kuni futbolchilarga xordiq olish uchun imkon berilgan. Jamoa bugun tushdan so'ng bazada mashg'ulotlarni davom ettiradi.
Maxsus muxbirimiz Islombek Rustambekov bugun Farg'onada, “Neftchi” bazasida bo'lib qaytdi. Ko'p sonli o'quvchilarimizning talab va istaklarini inobatga olib klub rahbari Komil Mirzaboev bilan eksklyuziv intervyu tashkil qildi. Keyinroq bu intervyuni saytimizda o'qishingiz mumkin. Saytimizdan uzoqlashmang.

Fikrlar