So’nggi yangiliklar

21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  4 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  16 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  10 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  6 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  2 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  8 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  2 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  4 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  10 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  10 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6

"Neftchi": Nazorat uchrashuvida “Metallurg” bilan durang o'ynadik Yangiliklar

"Neftchi": Nazorat uchrashuvida “Metallurg” bilan durang o'ynadik

Saytimiz orqali avval xabar berganimizdek, “Neftchi” jamoasi 18 iyuldan Toshkentda ikkinchi yig'inga kirishdi.
SHu kuni futbolchilar ertalab, “Futbol-MED”da tibbiy ko'rikdan o'tdi. Kechki payt esa rejaga ko'ra, CHirchiq shahrida Bekobodning “Metallurg” jamoasi bilan sinov-nazorat uchrashuvi o'tkazildi.

Bahs o'rtoqlik o'yini maqomini olgani uchun jamoalar natijadan ham ko'ra, ko'proq o'yin uslubni yanada mustahkamlashga etibor qaratdi.

Uchrashuvda garchi gol urish uchun har ikki jamoada ham imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsa-da, hisob ochilmadi.

SHu kuni Murod Ismoilov futbolchilarni ikki tarkibga ajratgan xolda, barcha o'yinchilarga imkoniyat berdi.

Birinchi bo'limda: G'ayrat Hasanov, Ruslan Melziddinov, Jahongir Mehmonov, Dilyorbek Irmatov, Saydullo Rahmatov, Aleksandru Onika, Izzat G'aniev, Akmal Xolmatov, Andrey Akopyanc, Otabek Zokirov, Nosir Otaqo'ziev.

Ikkinchi bo'limda: Sardor Qobuljonov, Iqbol Boboxonov, Ruslan Melziddinov (Jahongir Mehmonov), Abdulloh Olimov, Vyacheslav Ponomaryov, Muzaffar Muzaffarov, Javohir Rasulov, Umid Qodirov, SHerzod Hakimov, Pavel Smolyachenko, Ro'zimboy Ahmedov.

Mazkur o'yinda murabbiylar shtabi Murodbek Bobojonovga dam berishga qaror qildi. CHunki iqtidorli hujumchi jarohatdan keyin asta-sekin o'zini tiklab bormoqda.

Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, Toshkentdagi yig'inning ilk kunida jamoaga tajribali futbolchi Akmal Xolmatov keldi. Undan tashqari birinchi davrada “Qo'qon-1912” ijarada o'ynagan va huquqiy jihatdan “Neftchi”ga tegishli bo'lgan iqtidorli hujumchi Umid Qodirov ham yana jamoamizga qaytdi. Bundan tashqari yana bir nechta futbolchilar yig'inga kelishi kutilmoqda.

 Eslatib o'tamiz, bugun ham “Neftchi” sinov-nazorat o'yinida maydonga tushadi. Navbatdagi raqib birinchi liga vakili “Qo'qon-1912” jamoasi bo'ladi. Mazkur o'yin “Qiziltog'”da o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика