So’nggi yangiliklar

14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  1 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  2 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  5 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  5 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  3 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  18 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  1 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  7 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  5 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  1 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  2 08:08Бугун финал!  12

Nazorat uchrashuvi. "Qo'qon-1912" - "Dinamo" 2:3 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. "Qo'qon-1912" - "Dinamo" 2:3

Teglar :  Dinamo Qo'qon-1912
Toshkentda yig'in o'tkazayotgan “Qo'qon-1912” jamoasi bugun o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Qo'qonliklarning raqibi – Samarqandning “Dinamo” jamoasi bo'ldi. Dastlabki daqiqalarda hujumkorlikka zo'r berishgan futbolchilarimiz sekin-asta tashabbusga ega bo'la boshlashdi. 14-daqiqada Timur Usmonovning zarbasini xavfli ko'rinish olgan bo'lsa, oradan bir daqiqa o'tib, Jamshid Hasanov tomonidan yo'llangan zarbani raqib posboni qiyinchilik bilan qaytarishga erishdi.

Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida hisobni ochishga yaqinlashdik. Suhrob Nematovning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegdi.

Ketma-ket hujum uyushtirgan futbolchilarimiz tanaffusga chiqib ketishdan oldin o'z darvozalaridan to'p olib chiqishdi. 44-daqiqada Bobur Qosimov uzoq masofadan bergan aniq zarbasi bilan hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.

Ikkinchi bo'limda futolchilarimiz yana oldinga tashlanishdi. Biroq 50-daqiqada zaxiradan maydonga Qadamoy Nurmetov ikkinchi bor darvozamizni aniq nishonga olgan bo'lsa, oradan hech qancha o'tmay, yana bir zaxirdan o'yinga qo'shilgan Damir Temirov hisobni yiriklashtirdi. 70-daqiqada Suhrob Berdiev raqib darvozasini ishg'ol etib hisobni biroz qisqartirdi.  73-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan SHaxboz Erkinov samarqadliklar darvozasini aniq nishonga oldi. Qolgan daqiqalarda futbolchilarimiz harchand o'rinishmasin, “Dinamo” darvozasiga boshqa yo'l topa olishmadi va o'rtoqlik uchrashuvida mag'lubiyatga uchrashdi.

O'rtoqlik uchrashuvi
“Qo'qon-1912” – “Dinamo” – 2:3 (0:1)
Gollar:
Suhrob Berdiev – 70, SHahboz Erkinov – 73. - Bobur Qosimov – 44, Qadamboy Nurmetov – 50, Damir Temirov – 52.
“Qo'qon-1912”: 71. Boyan Knejevich, 7. Jamshid Hasanov, 17. Quvondiq Ro'ziev, 19. Suhrob Berdiev, 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Suhrob Nematov, 65. Jasur Hasanov, 79. Iqbol Malikjonov, 95. Timur Usmonov, 97. Milosh Nikolich.
Zaxira: 30. Islom Abdullaev, 77. Sarvar Karimov, 11. Timur Hakimov, 14. Avaz Mamatxo'jaev, 41. Jasur Yoqubov, 70. SHaxboz Erkinov, 78. Bexruz Sadilloev, 96. Muhammadanas Hasanov.
“Dinamo”: 16. Akram Xo'jaev, 4. Hakimxon Alamxonov, 17. Otabek Narzullaev, 5. Avaz Agaliev, 23. Komil SHarofutdinov, Dilmurod Karimov, 22. Bobur Qosimov, 90. SHohruh Abduraimov, 10. Sardor Eminov, 19. Sanjar Barotov, 50. Vohid SHodiev.
Zaxira: 1. SHoxrux Eshbo'taev, 2. Mirkomil Lokaev, 15. Qadamboy Nurmetov, 18. SHerzod Jalilov, 20. Amir Safarov, 21. Damir Temirov, 24. Jasur O'rinov.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика