Nazorat uchrashuvi. “Qizilqum” – “Irtish” (Pavlodar) 3:3
17 fev 2019 09:04
Yangiliklar


Nazorat uchrashuvi. “Qizilqum” – “Irtish” (Pavlodar) 3:3
Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga hozirlik ko'rayotgan “Qizilqum” futbolchilari kecha yig'in doirasida uchinchi nazorat uchrashuvini o'tkazishdi.
Navoiyliklarga bu gal Qozog'istonning “Irtish” klubi raqiblik qildi. Gollarga boy kechgan bellashuvda tomonlar jangovar durang qayd etishdi -3:3.
Navoiyliklar safida Elguja Grigalashvili (2 marta) va Alisher Sanoev raqib darvozasiga gol kiritishning uddasidan chiqishdi.
Jamoamiz mazkur uchrashuvni quyidagi tarkibda o'tkazdi: Evgeniy CHeremisin, Erkin Boydullaev, Suhrob Yarashev, Alisher Sanoev, Fayzulla Qambarov, Murd Bobojonov, Muhsinjon Ubaydullaev, Elguja Grigalashvili, Maqsud Karimov, Eldor Boymatov, Salim Mustafoev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar