So’nggi yangiliklar

22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  1 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  0 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  0 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  9 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  4 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Абдувоҳид Неъматов, Шерзод Насруллаев ва Умар Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  14 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  13 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   9 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  5 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  2 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  3 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  13

Nazorat uchrashuvi: "Olmaliq" - "Dinamo" (Batumi, Gruziya) 1:2 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi: "Olmaliq" - "Dinamo" (Batumi, Gruziya) 1:2

Teglar :  Olmaliq
Bugun “Olmaliq” Antaliyadagi davom etayotgan o'quv-yig'ini davomidagi beshinchi nazorat o'yinini o'tkazdi.

Raqib avval xabar berganimizdek, "Vit Djorjiya" bo'lmadi. Tayyorgarlik jarayonida yuqori liga vakili bilan o'ynash istagi borligi sabab, Gruziya oliy ligasi vakili "Dinamo" (Batumi) bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazildi. Gruziya chempionatida o'z guruhida ikkinchi o'rinda ketayotgan batumiliklarga qarshi o'yin ham qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o'tdi. Vaziyatlardan foydalanish borasida ustunlik qilgan raqib bu uchrashuvda 2:1 hisobida zafar quchdi.

“Olmaliq” safida yagona golni bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Kamoliddin Murzoev kiritdi. Jarohatdan forig' bo'lib zaxiradan maydonga tushgan hujumchi 88-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etdi.

O'rtoqlik uchrashuvi. 17 fevral

Belek shahri. IS Santay futbol maydoni.

"Olmaliq" - "Dinamo" Batumi 1:2

Gollar: Kamoliddin Murzoev 88 - Nika Kvantaliani 2, Terur SHonia 58.

"Olmaliq": To'raev, Inomov, Mullajonov, Kasminin, Berdimurodov, Muxtorov, Grigalashvili, Isaev, Rahmatullaev, Usmonov, O'rinboev.

Zaxiradagilar: Xodjaev, Ziyovutdinov, Hojiakbarov, Aziz Suyunov, SHoxrat Soyunov, Pasichnik, Jo'raev, Norbekov, Rajabov, G'ulomov, Klishin, Murzoev.

"Dinamo" Batumi: Roma Takidze, Mirza Fartenadze, Gela Gogitidze, Anzori Suxiashvili, David Kverkveliya, Tornike Tarxnishvili, Terur SHoniya, Giorgi Kavtaradze, Foniava, Vako Tevdoradze, Nika Kvantaliani.

Zaxiradagilar: Tolik Timofeev, Giorgi CHkuaseli, Gegi Kekua, Vaja Koridze, Giorgi Kutelia, Nika Mgeladze, Mixail Gorelishvili, Beka Vartanidze.

Hakamlar: Kozik Yaroslav, Yarmolinskiy Leonid, Eremeev Andrey. Zaxira hakami Romanov Vitaliy.

Nazoratchi Petrov Vladimir

Bu bahsda Kumikov jamoasi tarkibida "Oltin asr" hamda Turkmaniston terma jamoasi futbolchisi SHoxrat Soyunov ham maydonga tushdi. Murzoev urgan golda u to'pni etkazib berdi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика