"So'g'diyona" "Paxtakor"ga qarshi bahsni Jizzaxda emas, Olmaliqda o'tkazadi. Nega?
25 iyu 2022 14:04
Yangiliklar
"So'g'diyona" "Paxtakor"ga qarshi bahsni Jizzaxda emas, Olmaliqda o'tkazadi. Nega?
Biroz avval PFL matbuot xizmati 14-tur va 11-turning qoldirilgan 2 bellashuvi bo'lib o'tadigan stadionlarni elon qildi.

14-tur o'yinlari bo'lib o'tadigan stadionlar.

11-turning qoldirilgan ikki o'yini o'tkaziladigan stadionlar.
Etibor bergan bo'lsangiz Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi 1 avgust kuni "Bunyodkor"ga qarshi 14-tur to'qnashuvini o'z maydonida o'tkazadi. Ammo, 6 avgustga belgilangan "Paxtakor" bilan o'yin Olmaliqda bo'lib o'tadi. Garchi, "bo'rilar" mezbon bo'lishsada. Bu holatga izoh so'rab PFL matbuot xizmatiga murojaat qildik. Unga ko'ra, Jizzaxdagi stadionda davlat imtixonlari bo'lib o'tishi sabab "So'g'diyona" "Paxtakor"ga qarshi uy o'yinini Olmaliqda o'tkazib turadi.

Eslatib o'tamiz, "Navbahor" jamoasi birinchi davrani peshqadam sifatida yakunladi. Ammo, "Nasaf", "Paxtakor" va "So'g'diyona" jamoalari Samvel Babayan shogirdlaridan bitta kam o'yin o'tkazishgan. Zaxira uchrashuvlaridagi g'alaba ularga namanganliklardan o'tib olish imkonini beradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar