So’nggi yangiliklar

15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  3 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  30 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6

Nazorat uchrashuvi. "Dinamo" "Navbahor"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. "Dinamo" "Navbahor"ni mag'lub etdi

Teglar :  NavbahorDinamo
Kecha CHimyon tog'li hududidan qaytib, bugun, 20 iyul kuni Toshkentda yig'in boshlagan “Dinamo” jamoasi shu kunning o'zidayoq dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Davron Fayziev boshchiligidagi Samarqand jamoasi Deyan Jurjevich qo'l ostidagi Namanganning “Navbahor” klubiga qarshi saf tortdi.

Toshkentlda o'tgan bahs o'rtoqlik o'yini bo'lishiga qaramay, o'yin ancha qiziqarli va kurashlarga boy o'tdi. O'yin davomida “Dinamo”chilardan Bahodir Nasimov, Qadamboy Nurmetov, SHohruh Abdurahmonov xavfli vaziyatlar yaratishgan bo'lishsa, “Navbahor” safidan Aleksanr Kasyan, Aziz Turg'unboevlarda ham xavfli hujumlar kuzatildi.

Ikkinchi bo'lim yakunida hujumkorlikni oshirgan “Dinamo” jamoasi o'yinning 76-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Sanjar Baratovning goli evaziga “Navbahor”ni mag'lub etishga erishdi.

“Dinamo” navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini ertaga, yakshanba kuni “Andijon” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

O'rtoqlik uchrashuvi. Toshkent.

20 iyul (shanba)

“NAVBAHOR” – “DINAMO” – 0:1

Bosh hakam:
SHavkat Nasibullaev

Gol: Sanjar Baratov, 76.

“Dinamo”: Botirali Ergashev, Mirkomil Lokaev, Hakimxon Alamxonov, Akmal Xolmurodov, Jasur Azimov, Bobur Qosimov, SHohruh Abdurahmonov, Ixtiyor Toshpo'latov, Sardor Eminov, Qadamboy Nurmetov, Bahodir Nasimov.

Zaxira: Dilmurod Karimov, Damir Temirov, Sanjar Baratov

“Navbahor”: O'tkir Yusupov, Igor Golban, Jahongir Mehmonov, Mirzohid G'ofurov, Slavko Lukich, Akrom Bahriddinov, Nodir Mavlonov, Ilhom Alijonov, Aziz Ibragimov, Aziz Turg'unboev, Aleksandr Kasyan.

Zaxira: Hamroev, Yunusov, Ahmedov, SHaymanov, Azimov, Hakimov, Mamatxonov.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика