So’nggi yangiliklar

01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  0 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  0 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  0 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  3 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  4 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  18 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  3 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  12 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  20 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2

"Navruz Cup-2022". O'zbekiston Sergeevning dubli evaziga Qirg'iz Respublikasi ustidan zafar quchib, finalga yo'l oldi Yangiliklar

"Navruz Cup-2022". O'zbekiston Sergeevning dubli evaziga Qirg'iz Respublikasi ustidan zafar quchib, finalga yo'l oldi

Xalqaro o'rtoqlik musobaqasi doirasidagi O'zbekiston hamda Qirg'iz Respublikasi o'rtasidagi o'yin yakuniga etdi.

"Navruz Cup-2022". Ikkinchi o'yin

Hakamlar: Nasrullo Kabirov, Ismoil Nuraliev, Vafo Karaev, Sayyodjon Zayniddinov (barchasi – Tojikiston)

O'zbekiston – Qirg'iz Respublikasi 3:1 

25.03.2022. Namangan. "Markaziy" stadioni

Gol: Eldor SHomurodov 65', Igor Sergeev 85', 90+1'  – Mirlan Murzaev 6' 

O'zbekiston: 12.O'tkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov, 18.Abdulla Abdullaev, 5.Rustam Ashurmatov, 4.Farruh Sayfiev, 9.Odil Hamrobekov, 7.Otabek SHukurov, 22.Javohir Sidiqov (19.Azizbek Amonov, 46), 17.Dostonbek Hamdamov ( 21.Igor Sergeev, 79), 10.Jaloliddin Masharipov (23.Oybek Bozorov, 89), 14.Eldor SHomurodov (s) (15.Umar Eshmurodov, 87)

Zaxira: 1.Umid Ergashev, 16.Valijon Rahimov, 2.Islom Qobilov, 11.Husniddin Aliqulov, 13.SHerzod Nasrullaev, 6.Sardor Sobirxo'jaev, 20.Hojimat Erkinov

Qirg'iz Respublikasi: 13.Erjan Tokotaev, 2.Valeriy Kichin (s), 5.Ayzar Akmatov, 18.Qayrat Jirgalbek, 11.Bekjan Saginbaev (14.Aleksandr Mishenko, 72), 20.Baxtiyar Duyshobekov, 12.Odiljon Abdurahmonov (8.Azim Azarov, 82), 22.Alimardon SHukurov, 7.Guljigit Alikulov, 21.Farxat Musabekov (23.Ahliddin Isroilov, 72), 10.Mirlan Murzaev

Zaxira: 1.Pavel Matyash, 16.Kalisbek Akimaliev, 6.Danila Sokirchenko, 25.Xristian Brauzman, 17.Atay Jumashev, 15.Murolimjon Ahmedov, 26.Abay Bokoleev, 9.Ernist Batirkanov, 19.Eldar Moldojunusov


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Bahs yakunlandi! O'zbekiston irodali g'alabaga erishdi va musobaqa finaliga chiqdi! 

90+1. GOOOOOOOOOOOOL! Bozorovning burchakdan uzatib bergan pasidan keyin Igor Sergeev bosh bilan to'p kiritib, dublni rasmiylashtirdi – 3:1! 

Bahsdagi to'rtinchi golni ushbu havola orqali tomosha qiling.

Ikkinchi taymning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shildi. 

89. O'zbekistonda navbatdagi o'zgarish: Masharipov o'rniga Bozorov tushdi. 

87. O'zbekistonda o'zgarish: SHomurodov o'rniga Eshmurodov tushirildi. 

85. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Sayfievning pasidan so'ng jarima maydoni ichida pala-partish holat kuzatildi. Bundan mahoratli hujumchimiz Igor Sergeev unumli foydalanib qoldi va termamizni hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1! 

Sergeevning birinchi golini mana shu havola orqali ko'rishingiz mumkin. 

84. "Qirg'izistonlik Messi" nomini olgan Guljigit Alikulovdan yaxshi zarba, darvozabonimiz ishonchli harakat qildi.

82. Qirg'iz Respublikasida o'zgarish: Odiljon Abduraxmonov o'rniga Azim Azarov o'yinga qo'shildi. 

79. O'zbekistonda almashtirish: Dostonbek Hamdamov o'rniga Igor Sergeev o'yinni davom ettiradi.  

78. Alijonovning o'ng qanotdan uzatgan pasi himoyachilap tomonidan bartaraf qilindi. O'zbekiston faollikni oshirmoqda.  

76. Otabek SHukurovga nisbatan qoida buzilgandek tuyuldi, ammo bu hakam tomonidan qayd qilinmadi. 

75. Masharipovning uzatmasi himoyachilar tomonidan bartaraf etildi. 

74. O'yin tobora qizg'in pallasiga kirmoqda. Hamrobekov raqibga nisbatan qoidani buzdi. 

72. Qirg'iz Respublikasida 2 ta o'zgarish: Farxat Musabekov o'rniga Ahliddin Isroilov, Bekjan Saginbaev o'rniga Aleksandr Mishenko tushirildi. 

68. Erjan Tokotaevga tibbiy yordam namoyish etilmoqda. 

65. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Eldor SHomurodov muvozanatni tiklamoqda. Masharipovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Hamdamov bosh bilan SHomurodovni to'p bilan taminladi, forvard darvozani aniq nishonga oldi – 1:1! 

SHomurodov urgan golni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

62. Ikki jamoa darvozalarga 6 tadan to'p tepishdi. Ammo aniq zarbalar bo'yicha katta ustunlik qirg'izistonliklar tarafda. Ular 5 ta aniq zarba yo'llashdi, biznikilarda 2 ta. 

61. Zarbaaa!  Hamdamovning zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi. Keyingi zarbani bergan Alijonov mo'ljalda adashdi, to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 

59. SHomurodov-Masharipov kombinaciyasidan so'ng SHukurov zarba berishda qiynaldi, himoyachilar ham xalaqit qilib qolishdi, bundan tashqari, SHukurovning o'zi ham yiqilib tushdi. 

57. Srechko Katanec yana qandaydir almashtirishlarsha qo'l urmasmikan?! Vaqt o'tib bormoqda... 

54. SHukurov raqibga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Bosh hakam jahl qilayotgan Srechko Katanecni tinchlantirishga urinmoqda. 

52. Uuuux!  Nahotki?! Amonovning pasidan so'ng Eldor SHomurodov birga-bir holatga chiqib bordi. Sardorimizning zarbasini Tokotaev to'sishga erishdi. Eh, qanday imkoniyat...

50. Burchak zarbasi foyda keltirmadi. Navbatdagi hujumda Otabek SHukurov termamiz foydasiga burchak to'pi ishlab oldi.

49. Farruh Sayfievdan kross, himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi, burchak zarbasi.  

46. Uchrashuv Masharipovning faolligi bilan start oldi. Uning markaz tomon uzatmasidan so'ng pala-partishlik yuzaga keldi. Orada o'yinga endi qo'shilgan Amonovga ham to'p tegdi. 

46. O'zbekistonda o'zgarish: Javohir Sidiqov o'rniga Azizbek Amonov o'yinga qo'shildi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Katanec jamoasining birinchi bo'limdagi o'yini haqida qanday fikrdasiz? So'rovnomada ishtirok eting >>> SO'ROVNOMA

Birinchi bo'lim yakuniga etdi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi. 

45. Raqib posboni to'pni qo'lidan chiqarib yuborgach, vakillarimiz burchak to'piga ega bo'lishdi. Biroq bu bizga hech qanday foyda keltirmadi.

42. Eldor SHomurodovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

41. SHomurodov maydon markazida Kichin tomonidan yiqitildi, O'zbekiston hujumni davom ettirdi, yakunda SHukurov ofsaydda qolib ketdi. 

37. Uuux! Hujumchi Murzaevning jarimadan yo'llagan zarbasi ancha xavfli ko'rinish kasb etdi. 

37. Javohir Sidiqov raqamdoshi Alimardon SHukurovni yiqitgani bois jarima zarbasi belgilandi.

36. Mehmonlar ketma-ket hujum uyushtirishmoqda. 

33. Alijonov Alikulovga nisbatan qoidani buzdi, jarima to'pi. 

30. Termamiz azolari maydon markazida Guljigit Alikulovdan to'pni olib qo'yib, hujumga bordi. Hamrobekovning ichkariga uzatmasidan keyin to'p yana raqibga o'tdi.

27. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 69% – 31%

25. Hamrobekov maydon markazida Abdurahmonovga nisbatan juda qo'pol o'ynadi. 

22. SHomurodov himoyachini chiroyli tarzda aldab o'tib, Javohir Sidiqovga pas uzatdi, ammo yarim himoyachi to'pni to'xtatishga urinib, katta xato qildi. Natijada to'p raqiblar posboniga o'tdi.

20. Alijonovning o'ng qanotdan havolatib uzatgan pasidan keyin Erjan Tokotaev to'pni egallab oldi. 

17. Qirg'iz Respublikasi ancha tartibli o'yin ko'rsatmoqda. Qoyil qolish kerak. 

14. Zarbaaa!  Masharipovning chamasi 17 metrdan erlatib yo'llagan zarbasi sal noaniq ketdi.  

11. Qirg'izistonliklar burchak to'piga ega bo'lishdi, ammo bundan samara chiqmadi. SHundan so'ng vakillarimiz qarshi hujumga o'tishdi. Hamdamovning ichkariga uzatmasi muvaffaqiyatsiz chiqdi.

8. Uuux!  Sayfievning uzatmasidan keyin jarima maydoni ichida to'pni qabul qilgan Hamdamovning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.  

6. GOL! Mehmonlar hisobni ochishdi. Mirlan Murzaev birga-bir vaziyatdan unumli foydalandi. Uning zarbasi darvoza ustuniga tegib, to'rdan joy oldi – 0:1!  Rustam Ashurmatov xatolikka yo'l qo'ydi va hujumchiga to'sqinlik qila olmadi. 

Darvozamizga kiritilgan to'pni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

5. Hozircha to'liq ustunlik vakillarimiz tomonda. 

2. O'zbekistonning chap qanoti o'yin boshidanoq ishga kirishdi. Sayfievdan to'pni qabul qilib olgan Masharipov uni maydonda saqlab qola olmadi, to'p chiziqdan chiqib ketdi.   

1. Uchrashuvga start berildi! 

- Ikki mamlakat madhiyasi yangrab o'tdi. 

Foto: Tolibjon Qosimov

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

- O'yin 19:00 da boshlanadi.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика