So’nggi yangiliklar

15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  0 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  1 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  4 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  10 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  4 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  2 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  10 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  6

"Navruz Cup-2022". SHomurodovning uchta goli O'zbekistonga Uganda ustidan g'alaba keltirdi Yangiliklar

"Navruz Cup-2022". SHomurodovning uchta goli O'zbekistonga Uganda ustidan g'alaba keltirdi

"Navruz Cup-2022" musobaqasining finalidan o'rin olgan O'zbekiston - Uganda jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

"Navruz cup-2022". Final.

19:00, O'zbekiston - Uganda 4:2 (TUGADI)

"Markaziy" stadion, Namangan

Bosh hakam: Sayyodjon Zayniddinov

Qanot hakamlari: Vafo Karaev va Ismoil Nuraliev

Zaxira hakami: Nasrullo Kabirov

Gol: Jaloliddin Masharipov 35, 1:0, Eldor SHomurodov 39, 2:0, Faruku Miya 52 2:1, Eldor SHomurodov 56 3:1, Eldor SHomurodov 72, 4:1, Emmanuel Okvi 4:2

O'zbekiston: 12. O'tkir Yusupov, 13. SHerzod Narsullaev, 15. Umar Eshmurodov, 23. Husniddin Aliqulov, 8. Dilshod Saitov (3. Xojiakbar Alijonov, 80), 9. Odil Hamrobekov, 7. Otabek SHukurov, 18. Aziz Amonov (6. Sardor Sobirxo'jaev, 78), 10. Jaloliddin Masharipov ( 22. Oybek Bozorov, 90+1), 20. Xojimat Erkinov (17. Doston Hamdamov, 59), 14. Eldor SHomurodov (21. Igor Sergeev, 79)

Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 16. Valijon Rahimov, 2. Islom Qobilov, 4. Farruh Sayfiev, 5. Rustam Ashurmatov,  11. SHerzod Temirov, 19. Aziz Turg'unboev

Uganda: 1. Nafian Alionzi, 4. Herbert Achai (3. Abdu Aziz Kayondo, 64), 7. Emmanuel Okvi, 8. Mulondo Livingston, 9. Fahad Bayo, 10. Faruku Miya, 12. Marvin Yungman ( 20. Derrik Kokkoza, 70), 15. Halidi Livaliva, 16. Steven Servadda (17. Allan Okello, 64), 21. Allan Kyambade (11. Rogers Mato, 89), 23. Moses Vaisva

Zaxira: 19. Benjamin Ochan, 2. Jeyms Begisa, , 6. Bobosi Byaruhanga, 13. Milton Karisa, 14. Hassan Jurua, 22. Martin Kizza

Ogohlantirish: Stiven Servadda (Uganda) 3, Emmanuel Okvi (Uganda) 45, Allan Kiyambat (Uganda) 61, Sardor Sobirxo'jaev (O'zbekiston) 85


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. 

90+1. O'ZGARISH. O'zbekiston, Jaloliddin Masharipov o'rniga Oybek Bozorov tushdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

89. O'ZGARISH. Uganda, Allan Kyambade o'rniga Rogers Mato tushdi. 

85. OGOHLANTIRISH. O'zbekiston, Sardor Sobirxo'jaev

80. O'ZGARISH. O'zbekiston Dilshod Saitov o'rniga Xojiakbar Alijonov tushdi. 

79. O'ZGARISH. O'zbekiston Eldor SHomurodov o'rniga Igor Sergeev tushdi. 

78. O'ZGARISH. O'zbekiston, Aziz Amonov o'rniga Sardor Sobirxo'jaev tushdi. 

77. GOL. Uganda sardori Emmanuel Okvi juda chiroyli gol urib oradagi farqni biroz qisqartirdi. 

75. Igor Sergeevni maydonga tushirish payti keldi janob Katanec. 

72. GOOOOOOOOOOOOOL. SHOMURODOOOOOOOOOOV. Jaloliddin Masharipovning pasini Eldor darvozaga aniq yo'llab xet-trikka erishmoqda. Aniq zarba va ajoyib gol. Olg'a O'zbekiston. 

70. O'ZGARISH. Uganda, Marvin Yungman o'rniga Derrik Kakkoza tushdi. 

64. O'ZGARISH. Uganda. Stivan Servadda o'rniga Allan Okello, Allan Achai o'rniga Abdu Aziz Kayondo tushdi. 

61. OGOHLANTIRISH. Uganda, Allan Kiyambat 

61. ZARBAAAAAAAAAA. UXXXXXX. Darvoza to'sini Ugandani to'rtinchi goldan qutqarib qoldi. 

59. O'ZGARISH. O'zbekiston, Xojimat Erkinov o'rnida o'yinni Doston Hamdamov davom ettiradi. 

56. GOOOOOOOOOOOOL. Eldor SHomurodov markazda hujumni boshladi va qanotda ochilgan Xojimatga to'pni uzatdi. Xojimat bir harakat bilan raqib himoyachilarini aldab SHomurodovga to'pni qaytardi va gol. 

53. GOL. Uganda hisobdagi farqni qisqartirdi. O'ng qanotdan uzatib berilgan to'pni Faruku Miya O'tkir Yusupov darvozasiga yo'lladi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45. OGOHLANTIRISH. Uganda. Emmanuel Okvi birinchi bo'lim yakunlangach hakam bilan urishib ketdi va sariq kartochka oldi. 

38. GOOOOOOOOOOOOOOOOL. SHOMURODOOOOOOOOOOOOV. Eldor SHomurodov terma jamoamizning ikkinchi golini urdi. Devor uslubidagi kombinaciyani Eldor golga aylantirdi. 

35. GOOOOOOOOOOOOOOOL. MASHARIPOOOOOOOOOOV. Jaloliddin Masharipov darvozabon oldinga chiqib ketganidan foydalanib osonlikcha gol urdi. O'tkir Yusupovning boshlab bergan qarshi hujumi samara keltirdi. 

27. ZARBAAAAAA. Aziz Amonovning zarbasi xavfli chiqdi. 

21. Ugandaliklarning hujumlarini terma jamoamiz himoyachilari bartaraf etmoqda. 

19. Uchrashuvda temp o'rtacha. 

13. Masharipovning zarbasi jonli devorga tegib maydonni tark etdi. 

12. O'zbekiston milliy terma jamoasi jarima zarbasini ishladi. To'p juda qulay nuqtada. SHukurovning zarbasidan so'ng to'p Livalivaning qo'liga tegdi. 

12. Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan fotosuratlarni tomosha qiling.


3. OGOHLANTIRISH. Uganda, Stiven Servadda. 

- O'yin boshlandi. 

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика