So’nggi yangiliklar

00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 00:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" – "Ювентус" (онлайн ҳисоб)  27 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

“Navro'z” – “Paxtakor-79” xotira turniri g'olibi Yangiliklar

“Navro'z” – “Paxtakor-79” xotira turniri g'olibi

Urganch olimpiya zaxiralari kolleji o'yingohida 2001-2002 yillarda tug'ilgan yosh “charm to'p” ustalari o'rtasida musobaqa bo'lib o'tdi.
Bu musobaqa 1979 yili aviahalokatga uchrab, yorug' olamdan ko'z yumgan “Paxtakor” jamoasi azolari xotirasiga bag'ishlab Xorazm viloyati ochiq birinchiligi tarzida o'tkazildi.  Mazkur turnirda vohaning o'n bitta jamoasi qatnashdi.

Musobaqaning ochilish marosimida Xorazm viloyati futbol federaciyasi birinchi vice prezidenti Ravshanbek Otajonov, urganchning “Umid nihollari-2015” jamoasi bosh murabbiyi, futbol faxriysi Vali Sultonovlar marhum paxtakorchilar haqida yosh futbolchilarga so'zlab berishdi. SHundan so'ng, “Paxtakor-79” jamoasi futbolchilariga hurmat ramzi sifatida bir daqiqa sukut saqlandi.

Ikki kun davom etgan birinchilik yakuniga ko'ra, Xorazm viloyati xalq talimi boshqarmasiga qarashli 2-son Bolalar va o'smirlar sport maktabining “Navro'z” jamoasi(murabbiylari Alisher Ro'zmetov, Akbar Odamov) musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi. Birinchilikning “Eng yaxshi o'yinchilari” nomiga Ro'zmat Bahromov(darvozabon, BO'SM-2), Azamat Quryozov(himoyachi, Pitnak shahri), Umid Sultonov(hujumchi, “Navro'z”)lar sazovor bo'lishdi.

Turnirning yopilish marosimida g'olib va sovrindor jamoalar, musobaqaning eng yaxshi o'yinchilari turnir tashkilotchilari – Xorazm viloyati futbol federaciyasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Urganch shahar kengashi, shahar madaniyat va sport ishlari bo'limi, O'zbekiston “Mahalla” jamoat fondi shahar bo'limi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan taqdirlanishdi.
   
Ikrom  XUDOYBERGANOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика