Navbatdagi penaltini kim tepadi? Sulsher savolga javob berdi
24 avg 2019 22:59
Yangiliklar
Navbatdagi penaltini kim tepadi? Sulsher savolga javob berdi
Ketma-ket ikki turdirki "Manchester Yunayted" penaltidan unumli foydalana olmayapti.
2-turda mankunianliklar yarim himoyachisi Pol Pogba o'zi ishlagan penaltisini ura olmadi. Natijada "Yunayted" safarda muhim ochkolarni yo'qotgandi. Bugun esa Markus Reshford 11 metrlik jarimadan unumli foydalana olmadi. Endi esa "qizil iblislar" mag'lubiyatga uchradi.
Ushbu holat borasida jurnalistlar "Manchester Yunayted" bosh murabbiyiga savol berishdi.
- Navbatdagi penaltini kim tepadi?
- Oldingi ikki penaltini tepganlar emas, - deya javob berdi Sulsher.
Qayd etish kerak, Lui van Gal hamda Joze Mourino davrida jamoa penaltichisi Xuan Mata bo'lgan va u aksar holatlarda bundan unumli foydalana olardi. Ammo hozirda ispaniyalik futbolchi asosiy tarkibning doimiy azosi hisoblanmayapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar