So’nggi yangiliklar

11:10Осимхен "Ал Аҳли"да қанча ишлаб олиши маълум  0 10:42Янгилаган EЧЛ ғолиби қанча пул ишлаб олиши маълум  3 10:10Хосе Венансио Лопес: "Португалиядаги йиғинда биз Европа терма жамоалари билан даражамиз қанчалик фарқ қилишини билиб олдик. Мундиалда реалист бўлишимиз ва имкониятларимизни тўғри баҳолашимиз керак"  1 09:50"Арсенал" яна бир юлдуз футболчи билан шартнома тузмоқчи  2 09:23«Барселона» «Nike» сабабли Нико Уильямс ва Рафаэл Леау билан шартнома туза олмади. Нега?  2 08:54Гвардиола "Ман Сити" xодимларига катта миқдорда пул совға қилди  1 08:25Аббосбек Файзуллаев ЦСКА бош мураббийи Марко Николич ҳақида фикр билдирди  9 07:58Карло Анчелотти "Реал Мадрид"нинг Испания чемпионатини ёмон бошлагани ҳақида гапирди  0 07:33Ўзбекистон кубоги. Бугун финалчилар аниқланади  17 07:15Саудия чемпионати. "Ал Иттиҳод" - "Ал Таавун", Бензема ванихоят гол урди  0 06:50Ла Лига. "Лас Пальмас" - "Реал Мадрид", "Реал"нинг омади келди, рақиб жамоанинг иккинчи голи ҳисобга олинмади  5 06:35Конференциялар лигаси. "Панатинаикос" - "Ланс", Француз жамоаси қарши ҳужумда жазоланди  0 02:27Ла Лига. "Реал" сафарда "Лас-Пальмас"ни енга олмади  41 01:30Вазифа "омадсиз" бажарилди... "Челси" мағлуб бўлган ҳолда Конференциялар лигаси гуруҳ босқичига йўл олди, "Астана"дан суперкамбек!  3 01:28Sofascore. "Ланс" мағлуб бўлган ўйинда Абдуқодир Ҳусанов неча баллга лойиқ кўрилди?   1

"Navbahor"ning "oltin yigiti" Rashid G'ofurov bugun 42 yoshga to'ldi Yangiliklar

"Navbahor"ning "oltin yigiti" Rashid G'ofurov bugun 42 yoshga to'ldi

Bugungi sanada o'z tavallud ayyomini nishonlayotgan futbolchilarni unutilmas kun bilan muborakbod etishda davom etamiz.

Bugun Namangan futboli tarbiyalanuvchisi, 1996 yili "Navbahor" tarkibida O'zbekiston chempioni, shuningdek besh karra bronza medali sohibi bo'lgan Rashid G'ofurov 42 yoshga to'ldi.

1977 yilning 26 sentyabr kuni dunyoga kelgan Rashid G'ofurov katta futboldagi ilk qadamini Toshkentdagi bolalar-o'smirlar sport maktabining futbol to'garagida qo'ygan. 1995 yilda poytaxtning "CHilonzor" jamoasida ilk professional shartnomasiga ega bo'lgan. 1996 yilgi mavsumni "Navbahor"da boshlagan bugungi qahramonimiz o'sha yilning o'zidayoq faoliyatidagi yagona O'zbekiston chempionligiga erishadi. Haqiqatan ham, "Navbahor"ning 1996 yilgi tarkibi juda kuchli edi. Tarkibda Eduard Mamotov, Dmitriy Bashkevich, Dmitriy Batinkov, Farhod Magometov singari yulduz futbolchilar to'p tepgan. G'ofurov o'n mavsum davomida sadoqat bilan namanganliklar sharafini himoya qiladi. 

Yarim himoyachi 2006 yilda Muborakning "Mashal" jamoasiga ko'chib o'tgan. 2007 yildan "Quruvchi" ("Bunyodkor") jamoasida o'ynagan. Aynan 2007 yili "Quruvchi" bilan mamlakat vice-chempioniga aylangan. O'zbekiston Kubogining "loy jangi" deb nom olgan hal qiluvchi final uchrashuvida maydonga tushgan. 1998-2002 yillar oralig'ida O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.    

- Braziliyalik mutaxassis Ubiraja Vega Da Silva "Navbahor"dagi o'yinlarimni kuzatib, 1998 yilgi Osiyo o'yinlari oldidan meni yakuniy tarkibga kiritgandi. Ochig'i, kutmagandim. CHunki raqobat juda kuchli edi. Mirjalol Qosimov, Igor SHkvirin, Sergey Lebedev, Stepan Atoyanlar bilan yonma-yon to'p surish baxt edi, - deya eslaydi terma jamoadagi ilk davrini bugungi qahramonimiz.   

Rashid G'ofurov futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng murabbiylikda o'zini sinab ko'rishga qaror qildi. Avvaliga "Bunyodkor" jamoasida selekcioner murabbiy, keyin esa "Navbahor"da bosh murabbiy sifatida ishladi. 

- Murabbiylikni bosqichma-bosqich bosib o'tishga qaror qilib, ilk bor o'zimni bolalar futbolida sinab ko'rdim. Maktabda ham o'qishni eng avvalo alifbedan boshlaydilar. Men ham shu yo'ldan bordim. Futbolchilik faoliyatim yakunlangach, so'nggi klubi bo'lib qolgan “Bunyodkor”da qolib ishlash taklifi tushdi. Akademiyada turli yoshdagi guruhlarni shug'ullantirdim. Keyin o'zim chempion bo'lgan “Navbahor”ga bosh murabbiy sifatida taklif etildim. Murabbiylik falsafam qanday? Eng avvalo, jamoada tartib-intizom bo'lishini istayman. Oiladami yoki istalgan sohada birinchi o'rinda tartib bo'lmog'i lozim. Aks xolda maqsadga erishib bo'lmaydi. Yulduz darajasidagi o'yinchi bo'lsin, intizomga amal qilmasa, jiddiy chora ko'rishga odatlanganman. SHuningdek, hujumkor futbol tarafdoriman, - deydi R.G'ofurov.


Rashid G'ofurovga havas qilib, ergashib, uning ukasi Mirzohid G'ofurov ham futbolni kasb sifatida tanladi. U bugungi kunda akasi singari "Navbahor" sharafini himoya qilyapti. 

- Kelajakdagi rejalarim qanday? Bor umidim farzandlarimdan. Men chiqa olmagan cho'qqilarni ular zabt etishsin. Hozir o'g'illarim to'p surayotgan maydonlar, kiyinish xonalarini ko'rib, ochig'i havasim keladi. Ulardan talab etiladigan narsa faqat rohatlanib futbol o'ynash, xolos. "Navbahor"da ukam o'ynayapti, unga vaqtida kerakli maslahatlarimni berib turaman, - deya so'zlari yakun yasadi Rashid aka. 

Fursatdan foydalanib, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Rashid G'ofurovni unutilmas sana bilan muborakbod etamiz. 

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика