"Navbahor"ning "Bunyodkor"dan qancha qarzi bor?
22 avg 2021 09:09
Yangiliklar
"Navbahor"ning "Bunyodkor"dan qancha qarzi bor?
Namangan klubi "Bunyodkor" oldidagi qarzini deyarli 3 yildan beri to'lamay kelmoqda.
"Qaldirg'ochlar" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev Championat.asia jurnalisti Faxriddin Ro'ziev bilan suhbatda bu haqda malumot berdi. Gap shundaki, 2019 yilda "Navbahor"ning yoshlar jamoasi tarkibiga "Bunyodkor" futbol klubi tizimidan 3 nafar o'yinchi ijaraga olingan. Ijara shartnomasiga ko'ra, "lochinlar" poytaxt klubi hisob raqamiga umumiy 35 mln so'm o'tkazib berishi kerak edi (15+10+10). Biroq, bu to'lov hanuzgacha amalga oshirilmagan.
Mirzaevning takidlashi bo'yicha, "Navbahor" rahbariyati ushbu qarzdorlikni yopish uchun 2021 yilning 31 dekabriga qadar muhlat so'ragan.
To'liq suhbatni o'qing↓↓↓
"Navbahor" rahbariyati jentlmenlik qilmadi" — Ulug'bek Mirzaev
Fikrlar