"Navbahor"ning asosiy futbolchilaridan biri safdan chiqdi

Narzulla Saydullayev
10 may 2023, 11:25
Namanganning "Navbahor" klubi himoyachisi taxminan 2 oy maydonga tusha olmaydi.

Gap o'ng qanot himoyachisi Davron Hoshimov haqida ketmoqda. Futbolchi jarohat tufayli bo'lajak bahslarni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi. Hoshimov Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Nasaf"ga qarshi uchrashuv qaydnomasidan o'rin olmagandi.

Bu yil Hoshimov Superligada 4ta, O'zbekiston kubogida 1ta o'yinda maydonga tushgandi.
 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia