"Navbahor"da moliyaviy muammolar qachon bartaraf etiladi?
20 fev 2014 21:35
Yangiliklar

"Navbahor"da moliyaviy muammolar qachon bartaraf etiladi?
Namanganlik muxlislarning Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiy etib tayinlanganidan so'ng jamoadan umidi katta edi.
Ammo klubda yuzaga kelgan moliyaviy muammolar hanuzgacha bartaraf etilmagan. SHu bois yaxshi niyatlar bilan ishga kirishgan Ashurmatovning ham boshi qotgan. Futbolchilarga kecha "So'g'diyona" bilan o'tgan sinov-nazorat bahsidan keyin qisqa muddatli tatil berilgan. Aytishlaricha shu kuni klub rahbari jamoa azolari bilan yig'ilish o'tkazgan. Unda gap asosan moliyaviy muammolar haqida borgan. Norasmiy malumotlarga ko'ra, "Navbahor" bu borada muammolar iskanjasiga kirib qolgan. Rahbariyat esa muammoni bartaraf etish uchun qo'ldan kelganicha harakat qilmoqda. Klubning yillik byudjeti tasdiqlanmaganidan so'ng, murabbiy va futbolchilarning ham kayfiyati tushib ketishi tabiiy. CHunki zamonaviy futbolda ko'p narsa baribir pulga borib taqaladi.
Jamoa endi reja bo'yicha 23 fevral kuni yana Toshkentda yig'iladi va tayyorgarlikni davom ettiradi. Klub rahbarlari unga qadar muammolar bartaraf etilishiga vada bergan. Tasdiqlanmagan malumotlarga qaraganda, agar moddiy muammolar tez orada o'z echimini topmasa, Baxtiyor Ashurmatov klubni tark etishi mumkin. Bundan kelib chiqib tahmin qilish mumkinki, agar bosh murabbiy ketsa, uning taklifiga ko'ra kelgan yangi futbolchilar ham klub lagerini tark etishi hech gap emas. CHunki hozirgacha biror bir yangi futbolchi bilan amalda rasman shartnoma imzolanmagan.

Fikrlar