So’nggi yangiliklar

16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  0 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  5 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  9 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5

“Navbahor”da 15 nafar legioner ko'rikdan o'tadi Yangiliklar

“Navbahor”da 15 nafar legioner ko'rikdan o'tadi

Teglar :  Navbahor
O'tgan mavsumda bronza medali sohibiga aylangan Namanganning “Navbahor” jamoasi yakunlangan mavsumda 9-o'rin bilan kifoyalandi.

Albatta, ushbu salbiy natija klub rahbariyatini qoniqtirmaganligi aniq. SHu bois, jamoa tarkibida jiddiy o'zgarishlar bo'lishi rejalashtirilmoqda. Xabaringiz bor, 17 dekabrdan qishki transfer “oynasi” ochildi va 2020 yilning 7 martigacha davom etadi. Mazkur vaqt oralig'ida “Navbahor” murabbiylar shtabi bir qator mahalliy va xorijlik mahoratli hamda tajribali futbolchilarni ko'rikdan o'tkazib, ulardan maqul kelganligi bilan shartnoma imzolaydi.

Malumotlarga qaraganda, “lochinlar” yangi mavsumga tayyorgarlikni 2020 yilning 7 yanvaridan boshlashadi. Mashg'ulotlarga jamoa bosh murabbiyi, rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis boshchilik qiladi. Kanchelskis Namanganga 6 yanvar kuni etib keladi.

7 yanvardan boshlanadigan mashg'ulotlarda bir qator mahalliy futbolchilar bilan birgalikda 15 nafar xorijlik o'yinchilarning ham ko'rikdan o'tishlari kutilmoqda. Mazkur futbolchilar Rossiya, Ukraina, Gollandiya, Makedoniya, Ispaniya, Portugaliya, Serbiya va Misr mamlakatlaridan yurtimizga tashrif buyurishadi.

O'z navbatida shuni ham qayd etish joizki, “Navbahor” tarkibini rasman rossiyalik hujumchi Aleksandr Kasyan tark etdi. Qolgan futbolchilarning taqdirlariga esa keyinchalik oydinlik kiritiladi.

Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика