So’nggi yangiliklar

21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  1 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  3 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  7 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  2 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  2 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5

"Navbahor": Yoshlarimiz Andijon terma jamoasi bilan kuch sinashishdi Yangiliklar

"Navbahor": Yoshlarimiz Andijon terma jamoasi bilan kuch sinashishdi

Teglar :  Navbahor
O'zbekiston kubogi o'yinlari sababli Yoshlar birinchiligida kichik tanaffus yuzaga kelgani munosabati bugun "Navbahor" yoshlari 1995-1996 yilgi futbolchilaridan tashkil topgan Andijon terma jamoasi bilan o'zaro kuch sinashishdi.
Uychi tumanidagi "Paxtakor" o'yingohida o'tkazilgan o'yin futbolchilarimiz ustunligida o'tdi. Unda jamoamiz foydasiga 5:0 hisobida g'alab qozondi. SHuni ham takidlash lozimki, "yosh navbahorchilar" safida Sanjar Asqaraliev va G'ayrat Jo'raevlarni inobatga olmaganda asosan 16-17 yoshli futbolchilar maydonga tushirildi. Birinchi bo'limda Durbek Umaraliev shogirdlari raqib darvozasini ikki bor aniq nishonga olishdi. O'yinda hisobni jaroxatidan forig' bo'lib jismoniy xolatini tiklab borayotgan yarim himoyachimiz G'ayrat Jo'raev ochishga muvaffaq bo'ldi. Yoshlarimizning ikkinchi golini Ibrohim Ismoilov kiritdi. Ismoilovga to'pni G'ayrat Jo'raev etkazganini qo'shimcha qilish lozim. Bellashuvning ikkinchi yarmida ham yoshlarimiz hujumlarga boy futbol namoyish etishdi. Doniyor Inamov hisobni yirik ko'rinishga kelishini taminladi. Ushbu o'yinda murabbiylar futbol maktablarida yorqin o'yin ko'rsatib kelayotgan o'yinchilarni sinovdan o'tkazishga qaror qilishdi. Berilgan imkoniyat o'zini oqladi deyish mumkin. Ismoil Abduraimov hisobni yanada yiriklashtirshni uddalaganidan so'ng zaxiradan maydonga tushgan 16 yoshli kelajagi porloq futbolchimizdan biri Abdulaziz Jalilov xal qiluvchi beshinchi to'pni o'z nomiga gol yozdirib qo'ydi.

"Navbahor" uchrashuvni quyidagi tarkibda boshladi: Mirzoxid Mamatxanov, Xojiakbar Yunusov, Javohir Olimjonov, Aziz Mamazoitov, Toshpo'lat Nematov, Sanjar Asqaraliev, Bekzod Tursunov, Akbarali Xoldorov, Doniyor Inamov, Ibrohim Ismoilov, G'ayrat Jo'raev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Isroil Ergashev, Abdurauf G'ulomov, Bobur Rahmonov, Islom Abduqodirov, Abdulaziz Jalilov, Ismoil, Rahmatulla.
Gollar: G'ayrat Jo'raev, Ibrohim Ismoilov, Doniyor Inamov, Ismoil Abduraimov, Abdulaziz Jalilov.
Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика