So’nggi yangiliklar

14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  0 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   1 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  6 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  12 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  5 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  24 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6

“Navbahor” - “Xorazm” uchrashuvdan keyingi fikrlar Yangiliklar

“Navbahor” - “Xorazm” uchrashuvdan keyingi fikrlar

Teglar :  NavbahorXorazm
O'zbekiston kubogi doirasidagi "Navbahor" - "Xorazm" uchrashuvidan keyin matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Mamlakat kubogining 1/16 finalidan o'rin olgan “Xorazm” – “Navbahor” uchrashuvi yakuniga etgach “Xorazm” jamoasi boshlig'i Mixail Kim o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi: - Biz uchun bugungi uchrashuv O'zbekiston Birinchi ligasi o'yinlariga o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini o'tadi. Albatta “Navbahor”ga bazi jabxalarda imkoniyatni boy berdik. Qo'limizdan kelganicha kurashdik. Jamoamiz uchun asosiysi – birinchilikka tayyorgarlik ko'rish. Kubokda ham ijobiy natija usun harakat qildik, ammo klublarning turli saviyadaliklari o'z so'zini aytdi. “Navbahor” tezkor jamoa ekani ko'rinib turibdi. Namanganliklarga ushbu mavsumda omad yor bo'lishini tilab qolaman. Ikkinchi bo'limda yigitlar charchab qolishdi. Mart oyida tayyorlanishni boshlaganmiz. Bu ham tasir qildi. To'g'ri, birinchi bo'lim boshida yomon o'yin ko'rsatmadik. CHunki yigitlar kuchga to'la hamda Oliy liga jamoasiga qarshi o'zgacha ruhda maydonga tushishgandi.

“Navbahor” futbol klubi sport direktori Anvar Soliev esa uchrashuv haqida quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi: - O'yin borasida nima deyishim mumkin? Istaymizmi yoki yo'qmi, baribir Birinchi liga jamoasiga qarshi ruhiy tayyorgarlik u qadar yaxshi bo'lmaydi. Birinchi taymda o'yinimiz qovushmadi. Uchrashuvning ikkinchi yarmi esa biz kutgandek o'tdi. Namanganda “Navbahor” qachon oxirgi marotaba bunday hisobda g'alaba qozonganini eslay olmayman. Kamchiliklar bugun ko'p bo'ldi. Bular ustida ishlab, navbatagi bahslarda ham ijobiy natijaga erishish uchun harakat qilamiz. Birinchi bo'limda yigitlar raqibni mensishmadi demagan bo'lardim. Ilk daqiqalardan 3-5-2 taktikasi bilan o'ynadik. Birinchi taym o'rtalarida esa taktikani o'zgartirdik. SHuning hisobiga o'yinimizda muammolar ko'zga tashlandi. Yigitlarga tashakkur bildiraman. Ular yomon o'yin ko'rsatishmadi. O'zbekiston kubogining keyingi bosqichida “Neftchi” bilan kuch sinashamiz. Farg'onaliklar bilan yaqinda ham o'yin o'tkazdik. “Vodiy derbisi” maqomidagi to'qnashuvlar doimo qiziqarli kechgan. Yosh futbolchimiz Ravshan Xursanov kelajakda yaxshi hujumchimiz bo'lib etishadi. Buni u debyut o'yinida gol bilan isbotladi. Alisher Mirzaev ham kelajagi porloq bola. Xudo xohlasa, “Dinamo”ga qarshi bellashuvda ham yaxshi natijaga erishib, yorug' yuz bilan uyga qaytishga harakat qilamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика