"Navbahor" Turkiyada Polsha klubi bilan durang o'ynadi
17 fev 2019 10:37
Yangiliklar


"Navbahor" Turkiyada Polsha klubi bilan durang o'ynadi
O'quv-mashg'ulot yig'inini Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazayotgan “Navbahor” klubi so'nggi nazorat bahsini 16 fevral kuni Polsha Pro-ligasi vakili “Stal” (Melec) jamoasiga qarshi o'tkazdi.
Takidlash joizki, mazkur o'rtoqlik uchrashuvida polshaliklar 1:0 hisobidagi g'alaba bilan chiqib ketishgandi. Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushirilgan Bahodir Nasimov “Stal” darvozasini aniq nishonga olib, muvozanatni tikladi va yakuniy hisobning 1:1 ko'rinish olishini taminladi.
Mazkur o'yinda “lochinlar” ustozi Andrey Kanchelskis maydonga quyidagi futbolchilarni tushirdi: O'tkir Yusupov, Obid Jo'raboev, Igor Golban, G'iyos Komilov, Hojiakbar Yunusov, SHahzod SHaymanov, Azim Ahmedov, Jasur Azimov, Zafar To'raev, Ivan Solovyov, Aleksandr Kasyan.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Bahodir Nasimov, Abdujamol Isroilov, Mirzohid G'ofurov.
Namanganliklar Turkiyadagi yig'inni bugun o'z yakuniga etkazib, yurtimizga qaytishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar