"Navbahor" – "Qo'qon-1912" uchrashuvida bosh hakam namanganliklar foydasiga penalti belgilamagani uchun ogohlantiriladi
17 mar 2022 21:25
Yangiliklar
"Navbahor" – "Qo'qon-1912" uchrashuvida bosh hakam namanganliklar foydasiga penalti belgilamagani uchun ogohlantiriladi
"34-daqiqada "Navbahor" vakillari hujum uyushtirgan vaqtda namanganlik hujumchi (Zoran Marushich – tahr.) tepgan to'p "Qo'qon-1912" futbolchisi (Murod Xolmuhamedov – tahr.)ning o'ng qo'liga tegib, maydonni tark etdi. Mazkur vaziyatda bosh hakam (Rahimbek Karimov – tahr.) burchak to'pi belgiladi.
Ushbu holatda himoyachining qo'li tabiiy ravishda emas va to'p undan o'tganda bo'sh qolgan darvozaga kirar edi. Mutaxassislar fikriga ko'ra, mazkur holatda penalti va yaqqol goldan mahrum qilgani uchun himoyachiga nisbatan qizil kartochka ko'rsatilishi kerak edi.
Yuqoridagi vaziyat o'yin taqdiriga emas, balki hisobiga tasir ko'rsatgani inobatga olinib, bosh hakamga nisbatan ogohlantirish va o'yinda ishlagani uchun past baho beriladi", – deyiladi rasmiy xulosada.
Fikrlar