So’nggi yangiliklar

21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  0 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  6 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  16 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  11 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  6 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  2 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  9 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  2 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  4 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  12 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  10

"Navbahor": O'zbekiston MTJ, "Paxtakor", "Dinamo" va "SHo'rtan" bilan o'ynaymiz Yangiliklar

"Navbahor": O'zbekiston MTJ, "Paxtakor", "Dinamo" va "SHo'rtan" bilan o'ynaymiz

20 iyuldan boshlab "Navbahor" ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rish maqsadida navbatdagi yig'inga kirishadi.
Mavsumning qolgan qismini yaxshi saviyada o'tkazish hamda jamoaviy o'yinni mukamallashtirish uchun 9 kun ichida 4 to'rtta nazorat uchrashuvi o'tkaziladi. 21 iyul kuni "lochinlar" Toshkentning "Paxtakor" jamoasi bilan ("Paxtakor" o'yingohida) kuch sinashishsa, 22 iyul kuni O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi ("Jar" o'yingohi) maydonga tushishadi. 25 iyul sanasida "Navbahor" Samarqandning "Dinamo" vakillari bilan, 30 iyulda G'uzorning "SHo'rtan" bilan o'zaro bellashadi.

Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, 14- turgacha tarkibni alo darajaga keltirish niyatida astoydil harakat qilayotgan murabbiylar shtabi "Navbahor"ga darvozabon va hujumchini izlab ko'rdi. Biroq, mavsum o'rtasida tajribali darvozabon topish qiyinligini takidlash joiz.

Jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovga kerak bo'lgan hujumchilar Zoxid Abdullaev, Mo'ydin Mamazulunov hamda SHerzod Hakimovlarning amaldagi klublari bilan hamkorligi borligi sababli, ularni "Navbahor"ga olib kelishni iloji bo'lmadi. SHu boisdan legioner o'yinchilarga murojaat etishga to'g'ri keldi. Hususan, ikkinchi yig'inda ukrainalik Ruslan Kachurni murabbiylarimiz kuzatib borishadi. SHuningdek ko'rikdan o'tish uchun yana bir ukrainalik hujumchi Oleksandr Kablash ("Gelios") ham taklif etilgan. O'zbekiston chempionatining 13- turida Samarqandning "Dinamo" klubiga qarshi kechgan o'yinda jarohatlangan SHahboz Erkinovni ham "Lokomotiv" bilan o'yingacha tiklanishi so'roq ostida turibdi.

Mavsumning birinchi qismini "Navbahor"da ijarada o'tkazgan "Bundyokor" himoyachisi SHukurali Po'latov esa katta ehtimol bilan ikkinchi davrani "qaldirg'ochlar" safida davom ettiradi. Ushbu poziciyaning yana bir vakili Timur Yafarov esa jamoa bilan xayrlashgan. SHu bois markaziy himoya chizig'i kuchaytirilishga muhtoj. "Guliston" tarkibida harakat qilib kelgan Akbar Sattaev agarda murabbiylar ishonchini qozona olsa, u bilan shartnoma tuziladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика