So’nggi yangiliklar

01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  1 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  1 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  8 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1

“Navbahor” muxlislariga bepul iftorlik Yangiliklar

“Navbahor” muxlislariga bepul iftorlik

Teglar :  Navbahor
Superliga 13-doirasida Namanganning “Navbahor” klubi o'z maydonida Olmaliqning AGMK jamoasini qabul qiladi.

Ayni paytda yurtimizda muqaddas Ramazon oyi hukmron. “Navbahor” PFK rahbariyati  muqaddas oy sharofati bilan savob ishga qo'l urdi. “Navbahor” – AGMK uchrashuviga tashrif buyuradigan muxlislar uchun bepul iftorlik eguliklari tarqatiladigan bo'ldi. Ro'zadorlar “Navbahor” – AGMK bahsining tanaffus paytida “Markaziy” o'yingoh sektorlarida yaratilgan qulayliklardan foydalanib, bemalol iftorlik qilib olishlari mumkin.

SHuningdek, sevimli jamoaning ashaddiy  muxlislari uchun yanada engillik yaratish maqsadida, klub rahbariyati tomonidan “Navbahor” atributikalari  20 foizlik chegirma bilan sotuvga chiqarildi. Endi jamoaning atributikalarini o'zingizga qulay narxlarda xarid qilishingiz mumkin.

“Navbahor” PFK rahbariyati mazkur ishlarni ishqibozlarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirmoqda. Maqsad – jamoa ishtirokidagi har bir uchrashuvni muxlislar uchun bayramona tarzda tashkil etish. Siz – aziz ishqibozlar esa “Navbahor”ni munosib tarzda qo'llab-quvvatlang!

Eslatib o'tamiz, “Navbahor” - AGMK uchrashuvi 26 may kuni soat 18:50da boshlanadi.

Barcha muxlislarni bo'lajak uchrashuvga chorlab qolamiz.

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика