So’nggi yangiliklar

19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  7 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  3 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  27 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1

Andrey Kanchelskis "Navbahor"dan olishi kerak bo'lgan 1,6 mln dollar haqida intervyu berdi Yangiliklar

Andrey Kanchelskis "Navbahor"dan olishi kerak bo'lgan 1,6 mln dollar haqida intervyu berdi

Barcha tafsilotlar to'g'risida murabbiy intervyu berdi.

Malum bo'lishicha, 28 avgust kuni FIFA Andrey Kanchelskisning "Navbahor"ga qarshi ishini rossiyalik murabbiy foydasiga hal qilgan.

Qabul qilingan davolarning foizlar bilan umumiy summasi 1,6 million dollardan oshdi.

Kanchelskis "Navbahor" postiga ikki marta kelgan. 2019 yilning iyun oyida vazifasidan ozod etilgach, bir necha oydan so'ng jamoaga qaytdi hamda 2020 yilning oktyabrigacha murabbiylik qildi. "Match TV" muxbiri "Navbahor" sobiq murabbiyi bilan suhbatlashdi.

- SHartnoma bekor qilinishining asosiy sababi nimada?

- Birinchi navbatda bu futbol tematikasi, ikkinchidan, inson omili. Nonushta qilayotganda ishlash mumkin emas, buning uchun sizga pul to'lanmaydi. Sabrim qolmadi. Klubda noprofessional kishilar ham rol o'ynadi. Ular bilan bahslashish mumkin emas. Futbolga aloqador bo'lmagan odamlarga nimanidir isbotlash juda qiyin. Garchi respublikaning boshqa jamoalarida professional bo'lmaganlar etarli bo'lsa-da, "Navbahor" muxlislariga achinaman, klubni boshqarishga bunday insonlar munosib emas.

- Professional bo'lmaganlar deb kimlarni nazarda tutyapsiz?

- Klubga aloqador oddiy biznesmenlarni. Bu holat ko'pincha Rossiyada ham sodir bo'ladi. Boshqa sohadagi bazi firibgarlar mutaxassislarga futbol nimaligini o'rgatmoqchi bo'lishadi. Bir paytlar «Volga» boshqaruv kengashi raisi, beshkurash sportchisi Svatkovskiy kelib, futbolchilarga ikki-uch soat yugurish kerakligini o'rgatardi. Barchaga o'z tushunchasi bo'yicha munosabat bildirish yomonmas, biroq har kim o'z ishi bilan shug'ullangani maqul.

- Sizni u erga o'sha biznesmenlar taklif qilganmi?

- Yo'q, men Namangan viloyati hokimi bilan muzokara olib bordim, keyin u boshqa ishga o'tib ketdi. Men u erda bo'lganimda, klubning uchta boshlig'i almashdi. Rahbariyatning o'zgarishi har doim ham ijobiy tasir ko'rsatmaydi. Ikkinchi murabbiy Aleksey Belenkov bilan birgalikda bunga etibor bermaslikka harakat qildik va maksimal darajada ishladik. Natijada Belenkov tushunarsiz tarzda ayblanib, ishdan bo'shatildi. SHuningdek, u ham FIFAga shikoyat bilan chiqdi va ijobiy qarorni kutmoqda.

- U sizdan ancha oldin shikoyat qilganmidi? Siz Kanchelskis bo'lganingiz uchungina murojaatingiz tez hal qilindimi?

- Yo'q, unday emas. FIFA  Belenkov masalasida allaqachon qaror qabul qilgan. Hozirda CAS qarori kutilmoqda.

- Klub sizga murosa qilish variantlarini taklif qilganmi?

- SHartnomamda 200 ming dollar kompensaciya miqdori, shuningdek, ish haqi, davolanish xarajatlari ko'zda tutilgandi va men yon berishga tayyor edim, lekin hozir hech qanday murosa haqida gap bo'lishi mumkin emas. Ular menga Toshkentdagi xususiy klinikada koronavirus bilan davolanish uchun sarflagan mablag'imni hali ham qaytarishmadi, garchi bu bir yil oldin bo'lgan bo'lsa-da. Lekin bu pul ko'p emas. Aytgancha, davolanish xarajatlari ham shartnomada ko'rsatilgan. Bu insoniy munosabat. Endi ular bazi variantlarni taklif qilishmoqda, lekin bu savol men uchun yopiq.

- Bu narsa klub uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

- "Navbahor" buyog'iga qanday yo'l tutishini bilmayman. Odamlar bu kabi hodisalarga yo'l qo'ymaslik kerakligini tushunishlarini istardim. Biz FIFAning shunday tuzilmasi va CAS borligini bilib oldik. O'zingizni bunday tutmasligingiz kerak, gap faqat futbol haqida ketmayapti.

- O'zbekistondagi ijtimoiy tarmoqlarda "Navbahor" rahbariyati sizni ichkilikbozlikda ayblayotganini yozishdi. CHindan shunday bo'lganmi?

- Ular ham nimadir deyishi kerak, nimanidir bahona qilishi kerak. Aftidan, ular Romashenkoning so'zlariga yopishib  olgan. Men hamisha "Navbahor" bazasida istiqomat qilganman. Agar hech bo'lmaganda men bilan ishlagan bitta futbolchi shunday deb aytsa, bu savol muhokama mavzusiga aylanishi mumkin edi. Bu g'irt tuhmat.

- "Navbahor"ga qaytganingizdan afsuslanmaysizmi?

- Viloyat hokimi siz bilan gaplashib, hammasini qaytadan boshlashni taklif qilganda, rad qilish qiyin. Umuman olganda, men pushaymon emasman. Pandemiyadan oldin yaxshi natijalarga erishdik, uchinchi o'rinda ketayotgandik. Keyin butun jamoa koronavirusga chalindi, qiyin davr boshlandi va rahbariyat qo'llab-quvvatlash o'rniga ustimizdan mag'zava ag'darishni boshladi. Garchi klubning og'ir moliyaviy ahvolini tushunib, maoshni qisqartirishga rozi bo'lgan bo'lsak-da, aftidan, bu narsalar inobatga olinmadi.

- "Navbahor"dagi ishingizni qanday baholaysiz?

- O'z ishimni baholash mushkul. Klubda bo'lganimda, uchta futbolchi terma jamoaga, yana bittasi Olimpiya terma jamoasiga chaqirilgan. Hattoki O'runov Rossiya chempionatiga ko'chib o'tdi. Men Alisher Usmonovning bir so'zini eslayman, uning aytishicha, agar hech bo'lmaganda bitta futbolchi Rossiya terma jamoasiga chaqirilsa, bu muvaffaqiyat. Semyonovni chaqirishdi. Ehtimol, bu ham ko'rsatkichdir. Natijalarga kelsak, "Paxtakor"ga qarshi kurashish qiyin bo'ldi, biroq ularga qarshi tengma-teng harakat qildik. Muxlislarga minnatdorchilik bildiraman! Ular juda qiziqqon, lekin adolatli talab qiladi. Ularga salomatlik tilab qolaman. Afsuski, shunday vaziyat yuz berdi.

- O'zbekiston futbol rahbariyatiga qanday maslahat berardingiz?

- Biz professional klublar boshqaruvida nimalar bo'layotganini yaqindan kuzatib borishimiz kerak. Hukumat pulini oladigan bazi jamoa rahbarlari uni samarasiz sarflamoqda. Yani, musobaqalar va klublarni boshqarishda professional bo'lmagan menejmentni ko'ramiz. Bu borada o'zbek futboli darajasida pasayish kuzatilmoqda. Vaziyat Rossiyada ham xuddi shunday. Professionallar etarli emas. O'zbekiston futbol federaciyasi rahbariyati mentalitet, imkoniyatlar, maqsadlarni hisobga olgan holda o'yinni rivojlantirish bo'yicha kompleks dastur ishlab chiqishi zarur. Aytaylik, nemis yoki niderland modelini rus futboliga olib kirish orqali jamoa Germaniyaga aylanib qolmaydi. 

O'zbekistonda futbolni yaxshi ko'rishadi va qanday o'ynashni bilishadi. Zaxirani tayyorlashning samarali tizimini yaratish va Evropaning kuchli ligalariga futbolchilarni eksport qilishni yo'lga qo'yish imkoniyatlari mavjud. Masalan, Ahmedov, SHomurodov yoki O'runovni olaylik. Afsuski, O'zbekistonda professional menejerlarni tayyorlash darajasini yaxshilash uchun sharoit yaratilmagan. Men o'z tajribamdan kelib chiqib, amin bo'ldimki, federaciya va liga rahbariyati talim dasturini ishlab chiqishni boshlashi va o'zbek futboli faxriylarini menejment, iqtisodiyot va sport huquqi bo'yicha o'rgatishi zarur. Noprofessionallik yoki xasislik raqobatning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. SHu bilan birga, chindan ham mamlakatda vijdonli odamlar ko'p, lekin futbolni tushunadigan va unga g'amxo'rlik qiladigan sifatli menejerlar etishmayapti.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика