"Navbahor" futbolchilari Turkiyada palov pishirishdi
15 fev 2020 11:11
Yangiliklar


"Navbahor" futbolchilari Turkiyada palov pishirishdi
Ayni paytda o'z o'quv-mashg'ulot yig'inini Turkiyada olib borayotgan Namanganning “Navbahor” jamoasi Belek shahrida kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar olib bormoqda va unda futbolchilar astoydil ter to'kishmoqda.
SHuningdek, jamoa azolari bo'sh vaqtlarini quvnoqlik hamda xushchaqchaqlik bilan o'tkazishmoqda. Kechagi mashg'ulotlardan so'ng, futbolchilar o'z qo'llari bilan o'zbek milliy taomi - palov pishirib, uni ishtaha bilan eyishdi.
"Navbahor" azolarining ahilliklariga ko'z tegmasin va yangi mavsumda muxlislarni o'z g'alabalari bilan quvontirib yuraverishsin, ilohim!
“Navbahor” PFK matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar