So’nggi yangiliklar

21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  0 21:05Суперлига. "Сўғдиёна" – "Хоразм" 0:0 (Матнли транслация)  8 21:00Суперлига. "Андижон" - "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  23 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  2 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  5 19:50"Манчестер Юнайтед" мухлислари чипталар нархи кескин ошганидан норози  0 19:27Мартинес МЮга ўтишга рози  1 18:44"Реал" Мбаппе касалхонага ётқизилгани ҳақида хабар берди  4 18:16Расман: "Сурхон" россиялик ҳужумчи билан хайрлашди  0 17:52Breaking! Аббос Файзуллаев Туркия клубидан таклиф олди  14 17:36"Бухоро" – "Шўртан" учрашуви нейтрал майдонда ўтади  4 17:15Breaking! Ўринбоев фаолиятини Бельгияда давом эттиради  17 17:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. 1-турнинг барча натижалари битта саҳифада  2 16:56"Бунёдкор" пенальтилар сериясига кўра ғалаба қозониб, "Қўқон-1912"ни мусобақадан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 16:38Расман: Футзал Олимпия ўйинларига киритилди  8

"Navbahor": "Buxoro" mag'lub etildi Yangiliklar

"Navbahor": "Buxoro" mag'lub etildi

Teglar :  BuxoroNavbahor
Kecha "Navbahor"ning poytaxt yig'iin yakuniga etdi.

Toshkentda olib borilgan tayyorgarlik jarayonining so'nggi kunida Rashid G'ofurov shogirdlari "Buxoro" klubi bilan o'zaro kuch sinashishdi. 90 daqiqa davomida o'yin erishilgan ustunlik yakuniy hisobda ham o'z aksini topdi. Uchrashuvning birinchi bo'limida "lochinlar" hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. Nodir Mavlonov o'z nomiga gol yozdirib qo'ydi. Takidlash lozimki, hisob ochilgach raqib 11 metrli jarima zarbasini tepish imkoniga ega bo'lgandi. Ammo, darvozabonimiz Akmal Ortiqov penaltini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Bellashuvning birinchi yarmi 1:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo'limda Azam Aliev hisob 2:0 ko'rinishga ega bo'lishini taminladi. O'yin oxirlarida raqib "Navbahor" darvozasini ishg'ol etib, hisobni qisqartirishni uddaladi. 2:1 hisobi bellashuv oxirigacha saqlanib qoldi.

SHu tariqa "Navbahor" Toshkentdagi yig'inning so'nggi nazorat uchrashuvida g'alabani qo'lga kiritdi.

"Navbahor" bellashuvni quyidagi tarkibda boshladi: Akmal Ortiqov, Obid Jo'raboev, Dilshod Jabborov, Xayrullo Karimov, Aziz G'ulomxo'jaev, Azam Aliev, Nodir Mavlonov, Akram Baxritdinov, Anvar Rajabov, Viktor Karpenko, Oleksandr Pishur.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика