"Navbahor" 2024 yilda chiptalar sotuvidan qancha daromad qildi?
28 jan 15:42
Yangiliklar
"Navbahor" 2024 yilda chiptalar sotuvidan qancha daromad qildi?
Vodiy klublari muxlislar tashrifi borasida so'nggi mavsumlarda etakchiga aylanib oldi.
Tabiiyki, bunda chiptalar savdosidan klublar malum bir miqdorda daromad ko'ryapti. "Navbahor" vice-prezidenti Otabek Samatov "Futbol TV" kanalida efirga uzatilgan "Bizning futbol" ko'rsatuvida 2024 yilda chiptalar sotuvidan tushgan mablag' haqida malumot berdi.
"2024 yilda chiptalar sotuvidan taxminan 2,5 milliard so'm tushum bo'lgan. Undan avvalgi mavsumda OCHLda o'ynaganimizda bundan ham katta daromad qilganmiz",- deydi Otabek Samatov.
Malumot uchun, 2024 yilda Namangandagi "Markaziy" stadionga 101 853 nafar tomoshabin (o'rtacha 7 835) tashrif buyurdi va Superligada eng yaxshi uchinchi natijani qayd etdi.
Fikrlar
2.?
3 Navbahor
Ikkini kim olgan Biladiganlar Bormi