"Navbahor" rahbari Otabek Samatov Samvel Babayan bilan muzokara o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2021
Samvel Babayan Namanganing "Navbahor" klubida ish boshlashi mumkin.

Bugun klubning muxlislar kanalida "Navbahor" prezidenti Otabek Samatov "Paxtakor" va O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan bilan muzokara o'tkazgani haqida xabarlar tarqaldi.

Endi barcha gap Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqovda qolgan. Agar hokim bunga rozilik bildirsa, terma jamoa sobiq ustozi "lochinlar" safida ish boshlaydi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia