So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Сўғдиёна" — "Насаф" 0:0 (матнли трансляция)  7 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 19:00Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  21 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4

“Nasaf” yosh iqtidorlarni kashf etishda davom etadi Yangiliklar

“Nasaf” yosh iqtidorlarni kashf etishda davom etadi

Superliganing 4-turi doirasida Qarshining “Nasaf” jamoasi o'z maydonida “Navbahor” bilan (2:2) kuch sinashdi.

Mazkur bellashuvdagi jangovar durangdan keyin qarshiliklar ochkolari sonini 10 taga etkazib, turnir jadvalida yakka peshqadamga aylanishdi.

Etiborli tomoni mazkur bellashuvda “Nasaf” tarkibida klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan ikki nafar futbolchi Superligada debyut uchrashuvini o'tkazishdi.

16 yoshli Murodjon Xo'jamberdiev 74-daqiqada Jo'rabek Mannonovni o'rniga maydonga tushgan bo'lsa, 18 yoshli Xusayn Norchaev 85-daqiqada Oybek Bozorovni almashtirdi.

Bu ikki futbolchi Superliga bahslarida ilk marta “Nasaf” ustozi tomonidan maydonga tushirildi. Takidlash joizki, shu paytgacha Superligada to'p tepgan eng yosh futbolchi “Bunyodkor” azosi Jasur Jaloliddinov (2002) edi. Endi bu nom Murod Xo'jamberdievga tegishlidir.

Malumot uchun Murodjon XO'JAMBERDIEV – 2004 yilda Qamashi tumanida tug'ilgan. 2012 yilda “Nasaf” futbol akademiyasiga qabul qilingan. Birinchi murabbiyi Eldor Moyliev. Joriy mavsumdan o'rinbosarlar safida va asosiy tarkibga muntazam jalb etilmoqda.

Husayn NORCHAEV – 2002 yilda Yakkabog' tumanida tavallud topgan. Birinchi murabbiyi – Dadajon Tog'aev. “Nasaf” futbol maktabiga 2012 yilda qabul qilingan. 


Aziz NURIY.

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика