So’nggi yangiliklar

12:51Алонсонинг биринчи қурбони: "Реал" мураббийи ҳимоячилардан биридан воз кечди  0 12:23"Динамо" етакчиларидан бири жиддий жароҳат олди. У Туркияда операция қилинади  1 11:57"Машъал" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 11:30Ибрагимович Мессининг жамоадошларини танқид қилди: "У ҳайкаллар билан ўйнамоқда"  12 10:40"Астон Вилла" бир қатор футболчилар билан хайрлашди  0 10:12Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди  17 09:55КЖЧ. "Ал Ҳилол" тўртта гол уриб, "Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборди  40 09:43ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин  1 09:10"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори Лаутаро ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди  6 08:44Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  99 08:20Суперлига. 15-тур баҳсларининг бошланиш вақтлари маълум  0 07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  19 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  67 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  25 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  11

“Nasaf” - “So'g'diyona”. Prevyu Yangiliklar

“Nasaf” - “So'g'diyona”. Prevyu

Teglar :  So'g'diyonaNasaf
“Nasaf” 4-tur uchrashuvini Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Uchrashuv 30 mart payshanba kuni “G'uzor” markaziy stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.


O'zPFL 4-tur. 30.03.2017
“Nasaf” (Qarshi) - “So'g'diyona” (Jizzax) 
G'uzor sh., “G'uzor” markaziy stadioni. 17:00da  
Bosh hakam:
Rustam Bobomurodov (Navoiy)
Qanot hakamlari: Aleksandr Burov (Toshkent), Server Eremeev (Toshkent)
Zaxira hakami: Elyor tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: Arlan Xotamov (Toshkent)
O'zPFL vakili: Nail Lutfullin

Uchrashuv bosh hakami haqida:  Rustam Bobomurodov o'tgan yilgi chempionatda “Nasaf” ishtirokidagi uchta o'yinni boshqargan. Bu uchrashuvlarning barchasida jamoamiz g'alaba qozongan.

O'zaro uchrashuvlar tarixidan

Jamoalar milliy chempionat doirasida bungacha o'zaro 32 marotaba kuch sinashgan. SHulardan 25ta o'yinda “ajdarlar”ning qo'li baland kelgan. 1ta o'yinda o'zaro durang qayd etilgan. Ushbu tarixiy durang 1998 yil Qarshida qayd etilgan. 6 uchrashuvda “So'g'diyona” jamoasi g'alaba qozongan. O'zaro uchrashuvlarda 98 marta darvozalarga gol kiritilgan. To'plar nisbati bo'yicha ham ustunlik jamoamiz tomonida – 69:29.

“So'g'diyona” futbolchilari so'nggi marta 2008 yil 29 avgustda bo'lib o'tgan uchrashuvda “Nasaf”ni mag'lubiyatga uchratgan. SHundan keyingi o'zaro bo'lib o'tgan 12 uchrashuvda jamoamiz ketma-ket g'alaba qozonib kelmoqda.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi Jizzaxda bo'lib o'tgan, o'tgan yilgi mavsumdagi o'zaro uchrashuvda, “Nasaf” 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Uchrashuvdagi jamoamiz gollariga SHaxboz Erkinov (2) va Fozil Musaevlar muallif bo'lishgan.

Qarshida bo'lgan o'zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar Qarshida o'zaro 16ta uchrashuvda maydonga tushishgan. Bu uchrashuvlarda 1 marta “So'g'diyona” jamoasining, 14 marta “Nasaf”ning qo'li baland kelgan. Qarshida o'tkazilgan o'zaro uchrashuvlarning faqat bittasida golsiz durang qayd etilgan. Qarshidagi uchrashuvlarda darvozalarga jami 56ta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo'yicha ustunlik jamoamiz tomonida - 41:15.

Ushbu jamoalar 1997 yilgi mavsumdan o'zaro maydonga tushgan bo'lsalarda, “Nasaf” safardagi ilk g'alabasini 2000 yilgi mavsumda qo'lga kiritgan. Bu uchrashuvda jamoamiz kichik 1:0 hisobida g'alaba qozongan, uchrashuvdagi golni Rustam Abdullaev kiritgan.

“So'g'diyona” jamoasi Qarshidan so'nggi bor 2004 yili g'alaba bilan qaytgan. Bu uchrashuv 2:3 hisobida jizzaxliklar foydasiga hal bo'lgan. Qarshida qayd etilgan ilk va yagona durang 0:0 natija esa 1998 yili bo'lgan.

O'zaro qayd etilgan yirik hisoblar

Jamoamiz jizzaxliklarni eng yirik 4:1 hisobida mag'lub etgan. “So'g'diyona” esa 3:2 yirik hisobidagi g'alabaga erishgan.

2000 yili Qarshida o'tgan bahsda “Nasaf” ilk marta “So'g'diyona”ni yirik 3:0 hisobida mag'lub etgan. Ushbu bellashuvda darvozabonimiz Petr Gizimchuk 11 metrlik jarima to'pini golga aylantirgan.

O'zaro o'yinlarda “ajdarlar” besh marta yirik hisobda g'alaba qozongan (3:0 – 2000, 2009, 2016 yil, 4:1 – 2004, 2009).

Yana bir qiziqarli fakt, ushbu jamoalarning o'zaro uchrashuvlarda eng “yaxshi ko'rgan” hisobi - 2:1 yoki 1:2dir. O'zaro o'tkazilgan 31 uchrashuvda bu hisob 9 marta takrorlangan.

O'zaro uchrashuvlarda eng ko'p gol kiritgan futbolchilar

O'zaro o'yinlarda Zafar Xolmurodov jizzaxliklar darvozasini 8 marta nishonga olgan. Hanuzgacha hech bir futbolchimiz jizzaxliklar darvozasini shuncha ishg'ol eta olmagan. SHuningdek,  Baxtiyor Davlatov va ayni paytda jamoamizga bosh murabbiylik qilayotgan Ro'ziqul Berdiev va jamoamizning sobiq futbolchisi Bahodir Annamatovlar o'zaro o'yinlarda 3 martadan “So'g'diyona” darvozasini ishg'ol qilgan.

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati

O'zingizga malum, “Nasaf” o'tkazgan 2 uchrashuvida 6 ochko jamg'arib, 3-o'rinda bormoqda. “So'g'diyona” jamoasi uch uchrashuvdan keyin 3 ochko bilan turnir jadvalining 12-pog'onasini egallab turibdi.

Eslatib o'tamiz, jamoamiz 2-turda “Buxor” jamoasini qabul qilib, 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.

“So'g'diyona” jamoasi o'tgan 3-turdagi uchrashuvni o'z maydonida “Olmaliq” jamoasiga qarshi o'tkazib, 3:2 hisobida g'alaba qozongan edi.

Navbatdagi uchrashuvning boshlanish vaqti

Mazkur jamoalar o'rtasidagi navbatdagi uchrashuv 30 mart payshanba kuni G'uzor shahridagi “G'uzor” markaziy stadionida soat 17:00da boshlanadi.

Bundan bir kun avval, yani 29 mart kuni jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi. Bu uchrashuv Qarshi shahridagi “Geolog” stadionida soat 16:00da boshlanadi.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика