So’nggi yangiliklar

11:34Абдурауф Бўриев Шотландия клубига ўтиши мумкин эди, бироқ...  1 11:20Марказий Осиё. Қозоғистонда энг қиммат футболчи ўзгарди, Тожикистонда "Истиқлол" 4-ўринга тушди, "Аркадағ" эса кубок ярим финалига чиқди  0 11:05“Ал Насср“ футболчиси АПЛ грандига ўтиши мумкин  0 10:37Жаҳоннинг энг яхши ҳужумчилар рейтинги тузилди (топ-10)  1 10:10“Барселона“ йирик трансферни амалга оширишга яқин  4 09:43“Ювентус“ “Адидас“ билан янги шартнома имзолади. Келишув суммаси маълум  0 09:18Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита чорак финалчилар аниқланади  3 08:47Саудия Арабистоннинг бир йўлла учта жамоаси АПЛ юлдузига таклиф билан чиқишди  2 08:40КЖЧ. 39 ёшли Серхио Рамос "Интер" дарвозасига гол урди  0 08:20МЮ “Барселона“га супер таклиф билан чиқди  8 07:52Шомуродовга қизиққан МЛС жамоаси маълум  21 07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги ЖЧда юришини бошлайди  13 06:50КЖЧ. "Урава Ред" сардори "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди  0 02:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга ютқазди  20 00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  7

“Nasaf” o'rinbosarlari hokim kubogi sohibi bo'lishdi Yangiliklar

“Nasaf” o'rinbosarlari hokim kubogi sohibi bo'lishdi

Teglar :  NasafHokim kubogi
Voha futbol klublari uchun yangi mavsum oldidan o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini o'tab berayotgan Viloyat hokimi kubogi turnirining joriy yilgi bahslari ham yakunlandi.

Final o'yinida “Nasaf” o'rinbosarlari jamoasi va 1-liga vakili “Mashal-2” jamoalari o'zaro tuqnash kelishdi. SHuni takidlash kerakki, Zafar Xolmurodov shogirdlari muobaqani ko'tarinki ruhda o'tkazishdi va final yo'lida uchragan raqiblarni ayab o'tirishmadi. ”Gazchilar” ham, hokim kubogida chiroyli va ajoyib o'yinlarini namoyish etishdi. Finalgacha bo'lgan bosqichda ular ham barcha raqiblarini dog'da qoldirishgan edilar. Yana bir hihati ularning yarim final uchrashuvida “Mashal” jamoasi o'rinbosarlari ustidan 2:1 hisobidagi g'alabasi ko'pchilikni qoyil qoldirdi.

Final uchrashuvi ham Nikolay Lapa boshqaruvidagi “Mashal-2” jamoasi uchun muvafaqqiyatli boshlandi. Muborakliklar birinchi bo'limning 30-daqiqasida yosh hujumchi Tavakkal Abdurahmanov o'ng qanotdan boshlagan hujumni, gol bilan yakunladi -1:0. Goldan so'ng, qarshilik futbolchilar ham “jonlanib” qolishdi. Xolmuroov shogirdlari birinchi bo'lim davomida  keskin hujumlar uyutirishdi ammo raqibning tartibli himoyasi, ularning vaziyatni unglashiga imkon bermadi.

Uchrashuvdagi to'xtalishlar evaziga uchrashuv hakami Nayim Qosimov qushimcha yana 5 daqiqa qo'shib berdi. “Nasaf” jamoasi qushimcha vaqtda yangi kuchlarni maydonga tushirdi. Zahiradan maydonga tushgan ”ajdarlar”ning 22-raqamli futbolchisi Islom Kenjaboevning faolligi raqib himoyachilari va darvozabonini shoshirib qo'ydi.

So'nggi daqiqalarda Kenjaboev gol urish juda yaqin edi, uning yaqin masofadan darvozaga yo'llagan zarbbasini darvozabon qaytarib qoldi. Darvozabon qaytargan to'pni unga yaqin turgan yana bir “ajdarlar” vakili Najmiddin Normurodov bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etdi – 1:1.

Qo'shimcha taymda muborakliklar maydonda bir kishi kam bo'lib qolishdi. Raqibiga nisbatan juda qo'pol o'ynagan “Mashal-2” jamoasining 10- raqamli futbolchisi Sanjar Axmedov hakam tomonidan o'yindan chetlatildi. Xolmurodov esa maydonga yangi kuchlarni tushirdi va alabatta bu o'yindagi vaziyatni ham o'zgartirdi.

O'yin ana shunday davom etayotgan bir paytda, qanotdan oshirilib berilgan to'pga hammadan baland sakragan “Nasaf” jamoasi  bo'ydor hujumchisi Dilshod Xushbakov boshi bilan to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi – 2:1.

So'nggi daqiqalarda esa muboraklik futbolchilarda paydo bo'lgan imkoniyatlarda aniqlik etishmadi.

Qarshi hujumlarga tayangan holda, harakat qilayotgan mezbonlar uchinchi to'pni ham kiritishdi, darvozabonning qo'pol xatosidan unumli foydalangan Dilshod Xushbakov yana bo'sh qolgan darvozaga o'zining ikkinchi golini kiritishga erishdi -3:1.

Uchrashuv 3:1 hisobida “Nasaf” o'rinbosarlari jamoasi foydasiga hal bo'ldi.

“Nasaf” yoshlari yana viloyat hokimi kubogini qo'lga kiritishdi. G'olib jamoaga bosh sovrin, diplom va esdalik sovg'alarini Qashqadaryo viloyat Futbol Federaciyasi musobaqalar o'tkazish bo'limi bosh mutaxassislari Elbek Jo'raev va Nuriddin Aslonovlar topshirishdi.

“SHo'rtan” PFK o'rinbosarlari va “Mashal” PFK yoshlari o'rtasida uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda asosiy va qo'shimcha vaqtlarda g'oliblar aniqlanmadi. Uchrashuvni boshqarib borgan Artyom Kalinin jamoalarni penaltilar seriyasiga taklif qildi. “Omad lotereyasi”da  Baxtiyor Sattarov shogirdlari – “Mashal” o'rinbosarlarining  qo'li baland keldi va faxrli uchinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика