"Nasaf": Olti nafar futbolchi milliy terma jamoaga chaqirildi
15 avg 2015 12:29
Yangiliklar


"Nasaf": Olti nafar futbolchi milliy terma jamoaga chaqirildi
O'zbekiston milliy terma jamoasi avgust oyi so'nggida Toshkentda yig'iladi.
Samvel Babayan boshchiligidagi milliy terma jamoamiz 27 avgustdan 9
sentyabrga qadar yig'in olib boradi. Unda, JCH-2018 saralash bosqichi
doirasida Yaman va Filippin termalariga qarshi ikkita rasmiy uchrashuv
o'tkaziladi. Terma jamoa bosh murabbiyi "Nasaf" klubidan 6 nafar futbolchini ushbu yig'inga chaqirgan.
Bular Eldorbek Suyunov, SHuhrat Muhammadiev, SHerzod Azamov, Ilhom SHomurodov, Odil Hamrobekov, Farruh Sayfiev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar