So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Superliga: "Navbahor" Qarshida ilk g'alabasini tantana qildi Yangiliklar

Superliga: "Navbahor" Qarshida ilk g'alabasini tantana qildi

Superliga 4-tur doirasidagi markaziy bahsda "Navbahor" Qarshida Aleksandr Kasyanning kiritgan goli evaziga g'alaba qozondi.

Nasaf

Superliga. 4-tur

12/04/2019, 19:15

1
:
0
Tugadi

Navbahor

Aleksandr Kasyan - 31'

45'
90'
46'  Akmal Mozgovoy (Aziz G'aniyev)
70'  Humoyun Murtozaev (Oybek Bozorov)
75'  Boburbek Davlatov (Sharof Muhitdinov)
83'  Islom Kenzhaboev
31'  Aleksandr Kasyan
31'  Oston O'runov
35'  Aleksandr Kasyan (Bahodir Nasimov)
71'  Ivan Solovyov (Abbos G'ulomov)
84'  Azim Ahmedov (Aziz Ibragimov)

Superliga, 4-tur.

"Nasaf" - "Navbahor" 0:1

Qarshi, "Markaziy" stadioni.

Hakamlar: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov (barchasi - Andijon), Ahmadjon Ergashev (Toshkent)

Nazoratchi: Timur Abdullaev (Toshkent)

Komissar: Bekzod Aripov (Toshkent)

Gollar: Kasyan (31 - Oston Urunov)

"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev - 8.Dilshod Saitov, 5.G'olib G'aybullaev, 92.Umar Eshmurodov, 28.Xurshid Muxtorov - 22.Akmal Mozgovoy (6.Azizjon G'aniev, 46), 19.Sardor Abduraimov - 27.Islom Rashidxonov, 18.Bobur Davlatov (14.SHarof Muhitdinov, 75), 20.Islom Kenjaboev - 9.Humoyun Murtazoev (77.Oybek Bozorov, 70).

Zaxira: 35.Abduvohid Nematov, 4.Husniddin Aliqulov, 10.Bobir Abdixoliqov, 15.Jo'rabek Mannonov, 16.Alisher Yusupov, 17.Doniyor Narzullaev.

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov - 15.Obid Jo'raboev, 32.Jahongir Mehmonov, 5.Slavko Lukich, 19.Mirzohid G'ofurov - 7.Azim Ahmedov (4.Aziz Ibragimov, 84), 30.Abdujamol Isroilov - 6.Oston Urunov, 8.SHahzod SHaymanov, 9.Ivan Solovyov (70.Abbosjon G'ulomov, 71) - 11.Aleksandr Kasyan (14.Bahodir Nasimov, 35).

Zaxira: 23.Dilshod Xamroev, 25.Mirzohid Mamatxonov, 17.Elman Tagaev, 55.G'iyos Komilov.

Ogohlantirish: Islom Kenjaboev (84)

                    


                            MATNLI TRANSLYACIYA

                                           YANGILASH


- O'YIN TUGADI! "Navbahor" Qarshida mavsumdagi ilk g'alabasini tantana qildi!

- "Nasaf"ning uzoq davom etgan hujumini Yusupov bartaraf etdi.

- Qarshilik muxlislar hakam harakatlaridan norozi bo'lib maydonga turli buyumlarni uloqtirishmoqda!

90. Hakam uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 5 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

85. "Nasaf"ning chap qanotdan uyushtirgan hujumi xavfli chiqdi. Ammo Kenjaboevning zarbasi biroz o'xshamadi.

84. "Navbahor"da o'zgarish: Azim Ahmedov o'rniga Aziz Ibragimov tushdi.

83. "Nasaf" hujumchisi Islom Kenjaboev darvozabon bilan yakkama-yakka chiqdi va to'pni darvozaga yo'naltirdi. Biroq kiritilgan gol o'yindan tashqari tufayli inobatga olinmadi. Hakam esa to'pni darvozaga yo'llagan Kenjaboevga sariq kartochka ko'rsatdi.

81. Oybek Bozorovdan aqlli va zargarona zarba. Ammo noaniq.

79. "Navbahor" himoyada mustahkam turib, qarshi hujumda faol o'ynamoqda. Ammo oxirgi daqiqalarda "Nasaf" raqibni o'z jarima maydonchasiga "qamab" qo'ydi. Lekin bundan naf chiqmayapti.

77. "Nasaf"ning xavfli hujumlarini raqib mudofaa chizig'i bartaraf etishdan charchamayapti.

75. "Nasaf"da o'zgarish: Bobur Davlatov o'rniga SHarof Muhitdinov maydonga tushdi.

73. Bobur Davlatovning tepgan to'pi jonli devorga tegib qaytdi. Qaytgan to'pga zarba yo'llagan Saitov mo'ljalda adashdi. 

72. "Navbahor" futbolchisi to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun chamasi 17 metrlardan jarima zarbasi belgilandi.

71. "Navbahor"da o'zgarish: Ivan solovyov o'rniga Abbos G'ulomov maydonga chiqdi.

70. "Nasaf" safida o'zgarish: Humoyun Murtazoev o'rniga Oybek Bozorov maydonga tushdi.

- Uchrashuvni kuzatish uchun stadionga 14584 nafar tomoshabin tashrif buyurgani elon qilindi.

67. "Navbahor"ning ketma-ket hujumlari xavfli tus oldi. Dastlab standart vaziyatlarida, keyinchalik ikkinchi tempda Oston Urunovning kuchli zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi.

64. "Nasaf"ning uzoq davom etgan hujumini raqib bartaraf etdi. Burchak zarbasidan esa mezbonlar naf chiqara olishmadi.

62. "Navbahor"ning javob hujumi xavfli chiqdi. G'aybullaevning xatosi evaziga raqib hujumi rivojlandi. SHaymanov hisobni ikkitaga oshirish imkoniyatidan foydalana olmadi. Urunovning ikkinchi tempda yo'llagan zarbasi esa noaniq ketdi.

60. Aziz G'aniev!!!! Uhhhh! G'aniev jarima to'pidan ajoyib zarba yo'lladi! O'tkir Yusupovdan ajoyib seyv! Aynan Yusupov hozir hisob tenglashishiga to'sqinlik qildi!

59. Sardor Abduraimovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. CHamasi 20 metrlar masofadan jarima zarbasi.

56. "Navbahor"da yaxshi vaziyat yuzaga keldi. Oston Urunov bir himoyachini aldab o'tib, darvozaning o'tkir burchagini nishonga olmoqchi bo'ldi. Mo'ljalda sal adashdi.

55. Bobur Davlatov jarima maydonchasi ichida yiqildi. To'xtasinov bu vaziyatga indamadi, yani Davlatov aynan yiqildi deb topdi. Yiqitildi emas. 

54. "Nasaf" tashabbusni o'z qo'liga oldi va hujumga o'tmoqda. 

50. Xavfli vaziyat! "Nasaf"ning keskin hujumi. Bobur Davlatovning zarbasini O'tkir Yusupov bartaraf etishga erishdi. Qaytgan to'pga esa Kenjaboev ko'ngildagidek zarba bera olmadi.

48. "Navbahor" taymni faollik bilan boshladi. Ketma-ket hujumlar. Lekin bundan naf chiqmadi.

- "Nasaf"da o'zgarish: Akmal Mozgovoy o'rniga Aziz G'aniev maydonga tushdi.

- Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Birinchi bo'limga qo'shib berilgan 1 daqiqa ham tugadi. Tanaffus!

- "Navbahor" ketma-ket ikkita standart vaziyatiga ega bo'ldi. Dastlab burchak zarbasi, endi jarima to'pi. Ikkalasi ham samarasiz yakunlandi.

45. "Nasaf"da ham hisobni tenglashtirish uchun vaziyat yuzaga keldi. Bobur Davlatovning zarbasini Yusupov mahorati evaziga qaytarib yubordi.

44. "Navbahor" tanaffusga qadar hisobni yana o'z foydasiga o'zgartirishi mumkin edi. Abdujamol Isroilovning zarbasi xavfli, ammo noaniq ketdi.

42. Maydonda keskin kurash kechmoqda.

40. Azim Ahmedovning qoida buzishi natijasida "Nasaf" standart vaziyatiga ega chiqdi. Ammo mazkur imkoniyatlar qarshiliklar foydalana olishmadi.

38. "Nasaf"ning xavfli hujumini Jahongir Mehmonov ikkinchi qavatdagi ishonchli o'yini orqali bartaraf etdi.

35. "Nasaf"ning hujumdagi ishlari yurishmayapti. "Navbahor" esa qarshi hujumda xavfli o'ynamoqda.

- Golni nishonlash chog'ida jarohat olgan Kasyan o'rniga Bahodir Nasimov maydonga tushdi.

31. GOOOOLLLLLLLL! Aleksandr Kasyan! "Navbahor"ning tezkor qarshi hujumi golga aylandi. Oston Urunovdan to'pni qabul qilib olgan Aleksandr Kasyan himoyachilardan ildamlab ketdi va darvozabon qarshisida mo'ljalni nishonga olishda adashmadi - 0:1!

31. "Nasaf"ning hujumi. Bobur Davlatov oxirgi pasni berishda adashdi.

30. Uchrashuvning uchdan bir qismi o'tdi. Dastlabki 15 daqiqalikda "Nasaf" faol o'ynagan bo'lsa, ikkinchi 15 daqiqalikda "Navbahor" o'yin tizginini o'z qo'liga oldi. Xavfli vaziyatlar bo'yicha mehmonlar oldinda. 

27. Xavfli vaziyat! "Navbahor" ikkinchi raqam ostida keskin hujumlar yaratmoqda. O'ng qanotdan tashkil etilgan hujumni Kasyan samarali yakunlashi mumkin edi. Uning bosh bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.

23. Maydonda keskinlik avj oldi. Yakka-kurashlarda futbolchilar yanada keskinroq harakat qilishga tushishdi.

21. Maydonda janjal! Azim Ahmedov va Islom Kenjaboev o'rtasidagi to'qnashuvda Ahmedov raqibiga nisbatan qoidani buzdi va bahslashuv boshlanib ketdi. Maydonga yon qanot hakamlari ham kirishdi va vaziyatni yumshatishga harakat qilishmoqda.

20. O'yin tempi biroz pasaydi. Bu esa "Navbahor"ga qo'l kelmoqda. Aynan shu pallada mehmonlar o'yin tizginini qo'lga olishga urinishmoqda. Oxirgi 5 daqiqa ichida jamoa o'yinni o'z maydonchasi oldidan raqib hududiga qo'chirdi.

17. Jarima zarbasi. Azim Ahmedovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

16. Xavfli vaziyat! "Navbahor" tezkor hujumi orqali barchak zarbasi ishladi. Mazkur vaziyatda Mehmonov havodan kelgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi. Umidjon Ergashev o'z o'rnida. Darvoza tomon yo'naltirilgan ilk zarba.

15. "Nasaf"ning o'ng qanotdan uyushtirgan hujumini Saitov rivojlantirmoqchi bo'ldi. Futbolchi chiziq ustida yiqildi. Biroq hakam bu vaziyatda qoida buzilmaganini qayd etdi.

13. "Navbahor" o'yiniga biroz agressivlik qo'shdi va oldinga o'tmoqchi bo'ldi. Biroq ularning mazkur rejasi amalga oshmadi.

11. "Navbahor" chuqur himoyalanmoqda. "Nasaf" raqib mudofaa chizig'idagi bo'shliqni izlamoqda.

9. To'p to'liq "Nasaf" nazorati ostida. "Navbahor" esa raqibni o'z jarima maydonchasi atrofida kutib, qarshi hujumga tayanmoqda.

7. "Navbahor" raqib jarima maydonchasidagi pressing natijasida to'pni egallab oldi va hujumga o'tdi. Ivan Solovyov tomonidan sodir etilgan hujumni Eshmurodov bartaraf etdi.

5. "Nasaf" hududiy ustunlik bilan o'ynamoqda. Akmal Mozgovoyning uzoq tepgan zarbasi kuchsiz va noaniq chiqdi.

4. "Navbahor"ning ilk oldinga o'tishi o'yindan tashqari tufayli uzilib qoldi.

2. Uchrashuvni maydon egalari hujumkor ruhda boshlashdi va jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritishdi. Muxtorovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

- O'YIN BOSHLANDI!


- Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.

- Jamoalar o'yinoli chigalyozdi mashg'ulotlarini tamomlab kiyinish xonasiga yo'l olishdi. Ajoyib o'yin boshlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi.


"Navbahor"ning bir guruh sodiq muxlislari jamoalarini qo'llab-quvvatlash uchun Namangandan Qarshi shahriga tashrif buyurishgan. Ular o'z suyuklilarini har qanday holatda ham yolg'izlatib qo'yishmasligini takidlashmoqda

Qarshilik muxlislar "Nasaf"dan g'alaba kutishmoqda

- Ayni paytda jamoalar o'yinoldi chigalyozdi mashqlarini bajarishmoqda.

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Qarshi shahrida Superliganing 4-tur doirasidagi markaziy bellashuvlaridan biri o'tkaziladi. Hali chempionatda g'alaba tamini tatib ko'rmagan "Navbahor" "Nasaf" mehmoniga aylanmoqda. O'tgan turda mag'lubiyatga uchragan mazkur jamoalar bugun faqat va faqat g'alaba yo'lida o'zaro to'qnashishadi. Mazkur ajoyib qarama-qarshilikni Qarshidan Siz aziz muxlislar etiboriga havola etamiz. Matnli onlayn translyaciyamizni kuzatishda davom eting.

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика