So’nggi yangiliklar

01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  1 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  0 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  6 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  2 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  3

“Nasaf” - “Navbahor” o'yini haqida Yangiliklar

“Nasaf” - “Navbahor” o'yini haqida

“Nasaf” - “Navbahor” o'yini haqida tushunarli qilib yozaman.

Superliga klublari futbolchilari normativ test topshirdi. Testdan o'ta olmagan futbolchilar hamma klubda bor. Va shu futbolchilar haqida klublar rahbariyati yaxshi xabardor.

Reglamentning 5.22 bandini tekshirib ko'ring. Unga ko'ra, O'FAning Texnik bo'limi tomonidan ishlab chiqilgan jismoniy testlardan o'tolmagan futbolchi maydonga tushsa ikki xil jazo bor ekani belgilab qo'yilgan:

- moliyaviy jarima;

- texnik mag'lubiyat.

Yani, o'yinda qizil kartochka olgan futbolchi kelasi turni o'tkazib yuborishi aniq bo'lgani kabi, jismoniy testlardan o'ta olmagan futbolchining ham o'yinga qo'yilmasligi aniq.

Reglamentning bu bandi haqida Superliganing 11 ta klubi yaxshi biladi. Ular test sinovlarining ertasigayoq kelib, bu borada ish olib bordi. Klublar rahbariyati har bir futbolchisi uchun alohida tushuntirish berdi, keyin esa ularni Superliganing 2-bosqichi oldidan qayta imtihondan o'tkazishni so'radi. Bu vaqt ichida test sinovlaridan o'ta olmagan futbolchilar o'z ustida ishlashi borasida kafolat berildi. “Nasaf”ning ayni paytdagi rahbariyati esa hattoki reglament haqida ham bilmaydi.

Uchrashuvga 2 soat qolganda bo'lgan qo'ng'iroq “Nasaf” uchun ogohlantirish edi. Boisi, PFL bu holatda “Nasaf”ga yo texnik mag'lubiyat yozardi yoki katta jarima. SHunday bo'lgan taqdirida ham Beg'amovga o'xshagan biror jurnalist PFLni ayblab chiqishi katta ehtimol edi. PFL esa og'ir ahvolda turgan “Nasaf”ni bunday jazolashni istamadi. Yani, reglament buzilayotgani borasida ogohlantirish berdi.

PFL 2019 yil boshiga qadar o'z poziciyasida ishlashda davom etadi. Yangi yilga birorta ham klub eski “shaltoqlari” bilan o'tmasligi kerak. Klublar faqat qarzdorlik, bir-birini aldash, futbolchini “kiydirish” bilan mashg'ul bo'lmasligi shart. Bu yil hamma eski ishlaridan qutiladi, yangi mavsumdan boshlab esa hamma klub faqat kelajagi haqida qayg'uradi. Davlat pulini eb turib, o'zi bir tiyin ham ishlab topmaydigan klublarning barcha ishlari nazoratda bo'ladi.

Men haqimdagi fikrlarga etibor bermayman. Ammo qilayotgan ishimga ishonaman. Har bir kunim PFLdagi oxirgisi bo'lishi mumkin, biroq toki shu erda ekanman, klublarning qing'ir ishlariga yo'l qo'yilmaydi. Ungacha kim nima desa, deyishi mumkin. Ishga kelayotganimda rahbariyat tomonidan shunday topshiriq berilgan.

“Nasaf” esa olamga jar solmasdan, o'z ishlarini tozalashga majbur. Tez orada bu klub ishlari ham tartibga solinadi. Pulimiz yo'q deb jar solayotgan har qanday klub vakiliga, bungacha kim qancha pul olgani-yu, ko'tarma pullari qanday bo'lib chiqilganigacha tushuntirish beriladi.

Ungacha esa “Nasaf” rahbariyatiga reglamentdan yana 2 ta nusxa sovg'a qilaman. 2019 yilgi mavsum uchun reglament o'zbek tilida chop etiladi, unga bir qator o'zgartirishlar kiritiladi va ishlamayotgan bandlari, amalda bo'ladi.

Malumot uchun: Oddiygina jismoniy testlarni topshira olmagan futbolchilardan biri Maqsud Karimov Superliga referilaridan uch marta kattaroq maosh oladi. Ko'tarma puli esa 9 xonali raqamni tashkil qiladi. Reglamentdan xabari yo'q bo'lgan “Nasaf” rahbari 1 yili uchun oyligidan tashqari shuncha ko'tarma puli oladiki, uning qiymati mening oyligimdan 25 barobar ko'p. Bunda har bir o'yin uchun yoziladigan falon millionlik mukofot pullari ko'rsatilmagan.

Nima demoqchiman, hamma pulini halollab olsin. Hakamlarning normativ testlari ayni vaqtda futbolchilarnikidan qiyinroq. Ular testdan o'tyapti, futbolchilar esa oddiygina sinovdan o'ta olmayapti? Nega endi ular o'z ustida ishlamasligi kerak? Millionlab pul topayotgan murabbiylar va rahbarlarning nima uchun reglamentdan xabari bo'lmasligi kerak? Hech bo'lmaganda “shu futbolchilarimiz o'ta olishmadi testingizdan, ularning keyingi taqdiri nima bo'ladi”, deb so'raydigan odamning o'zi bo'lmagan.

Boshqa gapim yo'q. Hamma o'z ishini qilsin, PFL qanday ishlayotgani borasidagi xulosani berishga hozircha shoshilish kerak emas. Zero biz rahbariyatning yillar davomidagi beg'amligi oqibatlarini bartaraf etish bilan bandmiz, Beg'amov. SHulardan qutilib, keyin oldinga qadam bosamiz.

Muallif :
Reyting: -47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика