So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  0 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   2 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  168 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  53 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  9 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

"Nasaf" muxlislar klubi sardori O'ktam Uzoqov: "Qashqadaryo xalqi kubokni Qarshiga kelishini kutmoqda" Yangiliklar

"Nasaf" muxlislar klubi sardori O'ktam Uzoqov: "Qashqadaryo xalqi kubokni Qarshiga kelishini kutmoqda"

O'zbekiston kubogi finali oldidan "Nasaf" muxlislar klubi etakchisi O'ktam Uzoqovning fikrlari bilan qiziqdik.

- "Bunyodkor" jamoasi haqida fikrlaringiz...
- "Bunyodkor" mamlakatimizning grand klublaridan biri hisoblanadi. Bu jamoa hurmatga loyiq. Bir-biriga munosib bo'lgan jamoalar o'rtasidagi bahs. Juda kuchli kurash kechadi deb o'ylayman.

- "Nasaf" nimaning evaziga kubokni qo'lga kiritishi mumkin?
- Futbolchilarimizning mahoratiga ishonamiz. Barcha o'yinchilar xuddi so'nggi uchrashuvga tushgandek harakat qilishlariga shubha yo'q. Butun Qashqadaryo xalqi kubokni Qarshiga olib kelinishini kutmoqda.

- "Nasaf" muxlislar klubi finalga qanday tayyorgralik ko'rmoqda?
- Finalga o'zgacha tayyorgarlik ko'rayapmiz. Qo'llab-quvvatlash ajoyib bo'ladi. Uydami, safardami farqi yo'q biz doim jamoamizni qo'llab kelganmiz. Jizzaxdagi o'yinga "Nasaf" muxlislari futbolchilardan ham kuchliroq tayyorgarlik ko'rmoqda desam yanglishmayman.

- Finalda "Nasaf" qanday tarkibda maydonga tushadi? Taxminingiz.
- To'g'risi taxminiy tarkibni ayta olmayman. Buni murbbiylar hal qilishadi. Lekin o'sha kuni barcha asosiy futbolchilarimiz maydonga tushishiga ishonaman.

- Final uchrashuvi Jizzaxda o'tishiga munosabatingiz...
- Juda yaxshi munosabatdamiz. Sababi oldinlari final faqat Toshkentda bo'lardi, viloyatdagi muxlislarning ko'pchiligi finalga bora olmasdi. O'tgan yildan boshlab hal qiluvchi bahslar viloyatlarda o'tkazila boshlandi. Ikkala jamoa uchun ham neytral bo'lgan Jizzax varianti tanlanganidan xursandmiz. Keyingi yillarda ham boshqa viloyatlarga final o'yinlari topshirilishini istaymiz.

- Taxminiy hisob?
- Hisobni taxmin qila olmayman. Lekin "Nasaf" jamoamizning g'alabasiga ishonaman.


Birozdan so'ng "Bunyodkor" muxlislar klubi etakchisi SHavkat Imomovning fikrlari taqdim etiladi.



Narzulla Saydullaev yozib oldi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика