“Nasaf” futbolchisi “Metallurg”ga o'tdi
13 mar 2021 10:38
Yangiliklar
“Nasaf” futbolchisi “Metallurg”ga o'tdi
Xabaringiz bor, 12 mart kuni O'zbekistonda qishki transfer oynasi yopildi.
SHu kuni Bekobodning “Metallurg” jamoasi o'z safiga tajribali Dilshod Rahmatullaevni qo'shib oldi.
O'tgan mavsumni Qarshining “Nasaf” jamoasida o'tkazgan 32 yoshli futbolchi yaqinda “ajdarlar” bilan xayrlashgandi.
SHu tariqa Rahmatullaev joriy yilgi chempionatni Andrey SHipilov boshqaruvidagi “Metallurg” tarkibida o'tkazadi.
Fikrlar