"Nasaf" - "Ahal". Turkman klubi tarkibidagi eng qimmat futbolchini bilasizmi? U Superligada 6 yil o'ynagan
24 avg 2021 07:58
Yangiliklar
"Nasaf" - "Ahal". Turkman klubi tarkibidagi eng qimmat futbolchini bilasizmi? U Superligada 6 yil o'ynagan
Xabaringiz bor, 25 avgust kuni "Nasaf" OFK Kubogi doirasidagi yurishini "Ahal" (Turkmaniston) klubiga qarshi bahs bilan davom ettiradi.
Nasaf Qarshi |
AFC Cup Final Stage . 1/8-tur 25/08/2021, 21:00 2
:
3
Tugadi
|
Ahal |
45'
90'
Uchrashuv oldidan raqib tarkibidagi eng qimmatbaho o'yinchi haqida malumot berishga qaror qildik. Bu 2015-2021 yillarda O'zbekiston chempionatida AGMK, "Buxoro" (hozirgi "Nurafshon"), "Lokomotiv" va "So'g'diyona" jamoalari sharafini himoya qilgan Arslanmirat Amanov hisoblanadi. Transfermarkt portali mazkur futbolchini 350 ming evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, Arslanmirat yozgi transfer oynasining oxirgi kunlarida Jizzaxning "So'g'diyona" klubini tark etib, "Ahal" tarkibiga borib qo'shilgan edi.
Fikrlar