So’nggi yangiliklar

18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси (матнли трансляция)  15 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  1 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  22 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  38 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  26 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  2 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  31 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  3 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2

Narvondan chiqa turib, pastga qarash shart emas. Boshingiz aylanib ketadi Yangiliklar

Narvondan chiqa turib, pastga qarash shart emas. Boshingiz aylanib ketadi

Bitta yaxshi film bor. SHuhrat cho'qqisida, odamlar qurshovida qolgan kishi bir zum to'xtab, mana shu odamlar ichidan uning uchun beminnat yordam bergan kishini izlay boshlaydi.

O'sha kishi do'stining shuhratidan olam-olam quvonchga to'lib, ko'ngli to'q holda odamlar orasidan allaqachon g'oyib bo'lgandi. U hayotidagi muhim missiyani bajargan inson sifatida o'sha shuhrat iskanjasida qolgan do'stidan ham o'zini baxtliroq his qilardi.

Bazida murabbiylar tug'ma etakchilarni kunduzi chiroq yoqib topa olishmaydi. Ayrim futbolchilar murabbiy tomonidan suniy ulug'lanadigan holatlar ko'p uchrab turadi. Biroq bu samarali usul emas. Sardorlik bog'ichini olib berganingiz va har safar kimningdir yoni bo'lishingiz, hali muvaffaqiyat degani emas. Bu hatto jamoa ichida mayda gaplar paydo bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin. Etakchilik qobiliyati futbolchining o'zida bo'lmasa, qolgani bekor.

Agar jamoada shunday o'yinchi topilmasa, kuchli murabbiylarning o'zlari o'sha rolni o'ynashga harakat qilishadi. Lobanovskiy “Dinamo”da qanday o'rin tutgani-yu, Fergini “Yunayted” yigitlari qanday hurmat qilganini siz juda yaxshi bilasiz.

Katta g'alabalarda mayda detallar bo'lmaydi. Bunda hamma birdek ishlashi va bir yoqadan bosh chiqarishi kerak. Agar uqalovchi o'z ishini sidqidildan qilmasa, futbolchilarda muammo kelib chiqishi, administrator o'z ishiga puxta bo'lmasa, boshqa ko'ngilsizliklar paydo bo'lar balki. Qisqa muddatli turnirlarda shuning uchun ham butun jamoa bir oilaga aylanib qoladi. To'g'ri, muvaffaqiyat qo'lga kiritilgach, odamlar massajchi-yu farrosh haqida hatto eslamaydi ham. Ammo ularning rolini futbolchilar juda yaxshi biladi.

Men etakchilik qobiliyati bor bir inson bilan ko'p muloqotda bo'lganman. U Rossiyada o'ynaydimi yoki terma jamoada — ahamiyati yo'q, qolgan futbolchilar doim uni tinglagan. Uning bu qobiliyatidan murabbiylar jamoada tartib o'rnatishda ham foydalanib kelishgan. Biroq shunday vaziyatlar bo'ladiki, murabbiy hatto sezmay ham qoladi. “Lokomotiv”da faoliyat ko'rsatadigan do'stim Mamur haqida bilsangiz kerak, bir kuni u tvitter sahifasida yaxshi gap yozib qoldi. Aytishicha, chempion bo'lgan “Lokomotiv” futbolchilari mukofot pullarini olgach, klub etakchisi doimgi taklifni o'rtaga tashlaydi: “shu darajaga chiqishimizda mehnat qilgan oddiy ishchilarni ham unutmaylik...” Bu taklif futbolchilarga ham maqul, ular oladigan katta mukofot pulining 20 yoki 30 ulushidan birini shunday chiqarib beradi, yilda bir marta. Barcha futbolchilardan yig'ilgan pul esa yaxshi summani tashkil qiladi va oddiy oylikka ishlaydigan, biroq kun-u tun shu futbolchilar ortida mehnat qiladigan kishilar ham xursand bo'lib qoladi.

Bu kabi ishlarni ko'p eshitganman. Bunday ishlar butun jamoani bir oilaga aylantiradi, sadoqatni, o'zaro ishonchni mustahkamlaydi. Kimlargadir quvonch ulashadi, yana kimlardir kelasi mavsum ikki hissa ko'proq mehnat qiladi va hokazo.

Aytaylik, katta turnirda zafar quchdingiz. Sizga berilgan mashinani bo'lishning iloji yo'q. Biroq 20—30 ming dollar qo'lingizga tegsa, chin dildan 200—300 dollarni chiqarib berasiz. CHunki bu mukofotingizning yuzdan bir ulushigina. 25 kishining shuncha puli 5—6 ming dollarni tashkil qiladi. Nima demoqchiman, muvaffaqiyat atrofida mehnat qilgan va doim futbolchilar bilan birga bo'lgan ishchilar uchun yomon summa emas.

Hamma ham unday qilmaydi va qilmaslikka to'la haqi bor. O'z navbatida o'sha ishchilar ham futbolchilardan hech narsa kutmaydi. Ular musobaqa davomida yuguradi, suv tashiydi, muzlab qolgan oyoqlarni isitishga urinadi, xullas, salomatligingiz haqida qayg'uradi. Jamoa katta oilaga aylanishi uchun yoki futbolchilar juda sevadigan irim uchun ham liderlarning bo'lgani balki yaxshidir. Bu kim uchundir xamir uchidan patir, yana kimgadir esa butun boshli non degani. O'zbekistonlik futbolchilar, murabbiy buni yaxshi tushunadi. Bu qoyil qolarli ish.  

Xuddi shuning aksini ham ko'p eshitdik, o'zi mukofot olgani etmaganidek, bu mening mehnatim deb, qolganlarning ulushiga ko'z olaytiradigan odamlarni dunyo ko'p ko'rgan. Gap hozir umuman bunda emas, gap mehnatga yarasha rag'batda. Va ishontirib aytamanki, o'sha rag'bat bo'lmaganida ham oddiy personal hech narsa kutmaydi, ishlashda davom etadi. CHunki u futbol muxlisi, chunki bu uning vazifasi va shunga rozi bo'lib, futbolni tanlagan. U futbolchilar keltirgan olam-olam quvonchning o'zidan ham rohat olib yashashi mumkin. Bu xuddiki qor tagida qolib bo'lsa-da yo'lni tirbandlikdan tozalayotdan DAN xodimi-yu, teatrda siz bergan paltoni garderobga beminnat osib turadigan odamga o'xshaydi.

Muallif :
Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика