So’nggi yangiliklar

21:08ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси Эронга қарши камбэк қайд этишга яқин келди, аммо якунда барибир мағлуб бўлди  3 20:35ЖЧ саралаши. БАА Қатарга қарши ўйинда тезкор гол киритди (онлайн ҳисоб)  17 20:33КХДР терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши ўйинларни яхши ўтказдик, аммо..."  14 19:59"Милан" "Монпелье" хавбекини қўлга киритмоқчи  0 19:47Сречко Катанец: "90 дақиқа бир хил ўйнайдиган жамоаларни топиш қийин бўлса керак"  107 19:42Влахович Данияга қарши ўйинда жароҳат олди  0 19:10ЖЧ-2026 саралаши. Сафарда қийинчилик билан уч очко қўлга киритдик  54 18:59ЖЧ-2026 саралаши. Япония сафарда Хитойни ишончли тарзда мағлуб этди  12 18:51Омадимиз келди, Юсуповга эса раҳмат. Ўзбекистон қийинчилик билан КХДРни мағлуб этди  641 17:58ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Эрон: Асосий таркиблар маълум  7 17:35Буффон: "Неймар бешта "Олтин тўп" ютиши керак эди"  9 16:41Левандовски "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи  4 15:59ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия - Саудия Арабистони. Асосий таркиблар маълум  3 14:50"Милан" "Реал"да ўйин амалиётига эга бўлмаётган вингерга кўз тикди  6 14:23Скамакка 3 ойдан кейин машғулотларга қайтди  0

"Napoli"ni chempionlik bilan tabriklasa bo'laveradimi? A Seriya 22-tur yakunlari Yangiliklar

"Napoli"ni chempionlik bilan tabriklasa bo'laveradimi? A Seriya 22-tur yakunlari

Italiya chempionatida navbatdagi tur uchrashuvlari ortda qoldi.

Gollarga boy bo'lmasada, bu tur bahslari murosasizligi bilan yodimizda qolsa ajab emas. Faqatgina "Napoli" odatga aylanib borayotgani 3 ta golini urishga erishdi va chempionlik yo'lidagi yana bir muhim g'alabani rasmiylashtirdi. Xo'sh, turning etiborga loyiq uchrashuvlarida nimalar ro'y berdi, hozir shu haqida. 


"Napoli" bu safar "Kremoneze" ustidan oson g'alabani tantana qildi

Neapolliklar "Kremoneze" tufayli kubokdan chiqib ketganliklarini hali unutib ulgurishmagan bo'lsa ajab emas. SHu sabab motivaciya bilan muammo bo'lmasligi aniq edi. 5-daqiqada Karnesekki Di Lorenconing uzoqdan bergan zarbasini bartaraf etdi. Italiyalikning o'zi Mariu Ruyning burchak zarbasidan keyin ham zarba berishga imkon topdi, lekin kiper bu safar ham ishonchli harakat qildi. Yana ikki daqiqa o'tib, Xvicha bir qarashda maydondan chiqib ketadigan to'pni quvib etdi va markazga o'tib borarkan, ikki raqibini aldashga ham ulgurdi, oxirida esa ustalik bilan darvozaning burchagini aniq poyladi. O'yin kuni 22 yoshini nishonlayotgan futbolchi o'ziga ajoyib sovg'a qildi desak, hech kim xafa bo'lmasa kerak. Ruyning navbatdagi uzatmasidan keyin Osimxen xavfli zarba yo'lladi, lekin to'p darvozadan yuqorilab ketdi. "Kremoneze" esa Meretni amalda bezovta qilmadi.

"Napoli" tanaffusdan keyin ham o'sha tempda o'yinni davom ettirdii. Lozano to'qqizlikni nishonga olgandi, Karnesski ajoyib harakat bilan gol bo'lishiga imkon bermadi. "Speciya" bilan bo'lgani kabi, Spaletti shogirdlari darhol farqni yanada oshirishdi. Burchak zarbasidan keyin Kim to'pni Osimxen tomonga o'tkazib yubordi va Viktor deyarli chiziq ustidan to'pni to'rga kiritib qo'ydi. Bu vaziyatdan men ham gol urardim-e, deyishga shoshilmang. Sababi kerakli vaqtda, kerakli joyda bo'lishni ham eplay olish kerak. "Napoli" esa tabloda hisob o'zgarganini sezmadi chog'i, hujumlarini to'xtatay demasdi. Natijada, bir necha daqiqa o'tib, Di Lorenco to'pni jarima maydonchasiga etkazdi, Elmas esa chiroyli zarba bilan yakuniy hisobni o'rnatdi. "Napoli" navbatdagi chiroyli g'alabasidan keyin vaziyatini yanada yaxshilagan bo'lsa, "Kremoneze" botqoqqa botib bormoqda.


"Yuventus" "Fiorentina"ni minimal hisobda taslim etdi

Ilk daqiqalarini jamoalar birmuncha sokin ruhda o'tkazishdi. Ilk xavfli vaziyat esa Bonaventuraning uzatmadagi xatosi tufayli yuzaga keldi. Vlaxovich to'pni ilib qoldi va Di Mariya uzatdi, argentinalikning zarbasi esa biroz noaniq chiqdi. Kezaning erlatib uzatgan to'piga Kostich birinchi bo'lib etib bordi va kuchli zarba berdi, ammo Terrachino pand bermadi. SHunday bo'lsada, "keksa sinora"ning bosimi ortib borar va bu o'z samarasini berishi ko'rinib turardi. Di Mariya ayyorona uslubda to'pni havodan tashladi, Rabo esa boshi bilan uni darvoza to'riga yo'naltirib yubordi. "Fialkalar" tanaffusgacha turinliklar darvozasiga xavf sola olishmadi.

Ikkinchi bo'lim boshida Kostichning uzatmasidan keyin Vlaxovich darvozabon bilan birga-bir vaziyatga qochib ketdi, to'pni uning ustidan tashlab ham qo'ydi, biroq Dushan o'yindan tashqari holatda to'pni qabul qilgan ekan. Ko'p o'tmay, Dodoning to'pni uzoqlashtirishdagi no'noqligi sabab Kinda zarba uchun imkoniyat paydo bo'ldi, ammo Moyzening urinishi Terrachinoga muammo tug'dirmadi. So'nggi daqiqalarda "Fiorentina" nihoyat uyg'ondi va SHensni darvozasiga xavf sola boshladi. Ayniqsa Luka Yovichning Gonsales uzatmasidan keyin bosh bilan bergan zarbasi o'ta xavfli ko'rinishi oldi. Bir necha daqiqa o'tib, endi Lokatellining xatosidan keyin to'p Kastrovilliga borib tushdi va Gaetano zarbasi oldida darvozabon ham ojiz qoldi. Ammo takroriy lavhalar shuni ko'rsatdiki, Luka Raneri ofsaydda qolib ketgan va shuning uchun gol inobatga olinmasligi kerak bo'lib chiqdi. SHturmni davom ettirishga "Fiorentina"ning kuchi qolmagandi va "Yuventus" o'ta qiyin, ammo juda muhim g'alabani tantana qildi.


"Roma" va "Lechche" durang o'ynashdi

Qiziq tomoni, o'yinning 5-daqiqasidayoq "Roma" o'zi xush ko'radigan qurol bilan jazolandi. Di Francheko ijrosidagi burchak zarbasidan keyin Ibanes tushunarsiz harakat qildi va to'p rimliklar darvozasiga borib tushdi. "Roma" vaziyatni o'nglash uchun hujumga tashlandi. Abraxamning tovoni bilan bergan pasidan keyin El SHaaravi zarba yo'lladi, lekin Falkone ishonchli o'yin ko'rsatdi. Birozdan keyin standart vaziyat endi "Roma"ga foyda keltirdi. Burchak zarbasidan keyin Strefecca to'pni qo'li bilan o'ynab yubordi. Natijada penalti belgilandi va Paulo Dibala imkoniyatdan unumli foydalandi. O'yin biroz tinchlandi. Bo'lim so'nggida esa Abraxamda ikkita yaxshi imkoniyat bo'ldi, ammo har safar Falkonening ajoyib harakatlari "Lechche"ni qutqarib qoldi.


Falkone tanaffusdan keyin ham jamoasini qutqarishda davom etdi. Aynan u Dibalaning uzatmasidan Abraxam zo'r zarba berganida qiyin holatda ham to'p darvozasiga kirishiga yo'l qo'ymadi. Argentinalik ko'p o'tmay, Pellegrinini qulay vaziyatga chiqardi, lekin Lorenco mo'ljalda adashdi. "Lechche" "Roma" darvozasi haqida unutib qo'ygandek tasavvur uyg'otdi. Vaqt tugab borarkan, "Roma" ochiqchasiga charchab qoldi va yakuniy shturmga kuch etmadi. "Jallorossi" omadli seriyani davom ettira olishmadi, biroq jamoa hamon CHempionlar Ligasi hududida qolmoqda. "Lechche" va ayniqsa Falkoneni ajoyib o'yin bilan tabriklab qo'ysa bo'laveradi.


"Atalanta" "Lacio"ni engdi

"Atalanta" o'yinni ancha faol boshladi va 7-daqiqada Kopmeynars uzoq masofadan berilgan kuchli zarb bilan Provedelni tekshirib ko'rdi. Ko'p o'tmay "Lacio" kiperi Xateburning xavfli zarbasini qaytarishga erishdi. "Lacio" bunga CHiro Immobilening vaziyati bilan javob berdi. Serbiyalik Milinkovich-Savich aldamchi harakat bilan bir raqibni chalg'itib, Immobileni qulay nuqtaga chiqardi, lekin Musso tashlanib o'z jamoasini qutqardi. Biroz o'tib Lukman uzoq masofadan yaxshi zarba bera oldi, Provedel barmoqlarining uchi bilan to'pni darvozaga borib tushmasligini va faqatgina to'singa tegishini taminladi. Biroq oradan ikki daqiqa o'tgach, u ham yordam bera olmadi. Lukman to'pni Zappakostaga tashladi va Davide daxshatli aylanma zarbasi bilan to'qqizlikni nishonga oldi. Xoylun oradagi farqni ikkitaga oshirishi mumkin edi, ammo o'zi yaratgan vaziyatni noaniq zarba bilan yakunladi. Bo'lim oxirida Luis Albertoning chamasi 20 metrlardan bergan zarbasini Musso qaytarishga erishdi.

Tanaffusdan keyin CHiro Immobileda vaziyat yuzaga keldi, ammo forvard zarba berishni cho'zib yubordi va Musso masofani qisqartirishga ulgurgandi. Bunga javoban Xoylun katta tezlikda jarima maydonchasiga yorib kirdi va faqatgina Provedel hujumchi niyatiga etishiga imkon qoldirmadi. "Lacio" hujumlari soni ortib borardi, "Atalanta"da esa qarshi hujumlar uchun bo'sh zonalar paydo bo'la boshladi. SHunday imkoniyatlardan birida Lukman qanotdan oldinga o'tdi va to'pni Xoylunga etkazdi, Rasmus esa to'pga qo'shilib, o'zi ham darvoza ichiga kirib ketdi. Ajablanarlisi, shu bilan jamoalarning hujumlari qo'qqis to'xtadi va "Atalanta" o'ziga kerakli bo'lgan hisobni ushlab qola bildi.

SHuningdek, "Inter" ko'plab vaziyatlar yaratganiga qaramay, "Sampdoriya"ni enga olmadi, "Monca" "Bolonya"ni, "Verona" esa "Salernitana"ni taslim etdi.


Sergey Rumyancev

Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика