"Napoli" Insine bo'yicha taklif olmadi
10 avg 2021 16:52
Yangiliklar
"Napoli" Insine bo'yicha taklif olmadi
Hujumkor yarim himoyachi Lorenco Insine ushbu transfer oynasida "Napoli"dan ketmaydi.
Neapol klubi 30 yoshli vingerning sotuvi borasida taklif olmadi.
Lorenconing amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Yangi shartnoma borasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgan. Vingerning kelasi mavsumni Neapolda o'tkazishi va shundan so'ng erkin agent maqomida klubni tark etish ehtimoli mavjud.
Insine "Napoli" akademiyasi tarbiyalanuvchisidir. U bosh jamoada 2012 yildan beri o'ynaydi.
Lorenco o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 7ta assist qayd etdi.
Fikrlar