"Napoli" bilan o'yinning tomoshabinlarsiz o'tishi "Barselona"ga qanchaga tushadi?

10 mar 2020, 23:31
Avvalroq koronavirus epidemiyasining tahdidi tufayli YCHL 1/8 final bosqichi doirasida "Kamp Nou"dagi bahs ham muxlislarsiz stadionda o'tkazilishi haqida xabar qilgandik.

Rasman: "Barselona" - "Napoli" o'yini bo'sh tribunalar ostida o'tadi

"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeuning ma'lum qilishicha, uchrashuvga tomoshabinlar tashrifining taqiqlanishi tufayli katalon klubi 6 million evro zarar ko'radi.

Ma'lumot uchun, Italiya bugungi kunda koronavirus tarqalishining jahondagi ikkinchi o'chog'iga aylangan bo'lib, mamlakatda 9 ming nafarga yaqin inson shundan aziyat chekmoqda.

Ispaniyada ushbu kasallikka chalinganlar soni 1 600 nafardan oshadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ABC.es