Rasman: "Barselona" - "Napoli" o'yini bo'sh tribunalar ostida o'tadi

Alisher
10 mar 2020, 15:18
Koronavirus sabab yana bir o'yin muxlislarsiz o'tadigan bo'ldi.

Chempionlar ligasi 1/8 final bosqich doirasidagi "Barselona" - "Napoli" o'yini muxlislarsiz o'tadigan bo'ldi.

Ushbu qaror Kataloniya hukumati tomonidan koronavirus tarqalishi xavfi tufayli qabul qilindi.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya koronavirus avj olgan mamlakat orasida 6-o'rinda turibdi. Mamlakatda ushbu virusni 1231 odam yuqtirib olgan bo'lsa, ularning 30 nafari vafot etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona