Nani: “Ronaldu yosh bola emas”
18 avg 2022 09:50
Yangiliklar
Nani: “Ronaldu yosh bola emas”
“Uzoq muddat birga o'ynadik. Hayotda ko'p narsalar o'zgarishi mumkin, har xil holatlarga munosabatlar ham, ammo kuzatishlarim natijasida Krishtianu o'zini oldingidek tutmoqda. Agar jamoa yomon o'ynasa yoki mag'lub bo'lsa, unga ham tasir qiladi. Ammo endi Ronaldu yosh bola emas. U barcha klublar, turli futbolchilar bilan yaxshi o'ynadi. Hozir esa u “Manchester Yunayted”da, yangi murabbiy kuchli jamoa tuzmoqchi, buni uddalash esa oson emas. Bu tez fursatda amalga oshmaydi. Krishtianuda esa jamoa yaxshilanishini, uning progressini ko'rish uchun keyingi mavsumni kutishga vaqti yo'q. U hali hamon eng zo'ri bo'lishni, gol urishni va cho'qqida turishni xohlaydi. SHuning uchun uning barcha reakciyalar normal holat ekanligiga ishonchim komil”, deydi Nani.
Fikrlar