So’nggi yangiliklar

11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  0 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  33 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3

Namanganda hakamga qiyin Yangiliklar

Namanganda hakamga qiyin

Turning markaziy uchrashuvi startiga oz qoldi.

Navbahor

Jamshid Iskanderov - 47'

Superliga. 17-tur

28/08/2022, 19:00

1
:
1
Tugadi

Paxtakor

Xozhiakbar Alizhonov - 52'

45'
90'
40'  Aleksandr Kasyan (Zoran Marushich)
47'  Jamshid Iskanderov
80'  Jamshid Boltaboev
87'  Asadbek Sobirzhonov (Mirlan Murzaev)
87'  Jamshid Iskanderov (Azim Ahmedov)
52'  Xozhiakbar Alizhonov
66'  Azizbek Turg’unboyev (Dostonbek Hamdamov)
70'  Ilya Martinovich (Abbosbek Fayzullayev)
76'  SHahzod Azmiddinov
90'  Dragan CHeran (Muhammadali O'rinboyev)

Xato qarash yoki omadli taqvim

Juda ko'p joylarda bu bahsga nisbatan "Yil o'yini" iborasi ishlatilyapti. Bahs qaysidir jamoa uchun shunday maqomda bo'lishi mumkin. Lekin Superliga taqvimining aytishicha, "Yil o'yini" har qanaqasiga oxirgi turda bo'ladi. 

O'sha kuni kim chempion bo'lsa ham, haqiqiy "imtihon" topshirishi kerak. Hozircha oltin medallar uchun eng yaxshi imkoniyatga ega bo'lib turgan "So'g'diyona" "Qizilqum" mehmoni bo'ladi. Samvel Babayan Mirjalol Qosimov bilan to'qnashadi. "Nasaf" esa grandlarni qiynayotgan "Olimpik" maydoniga safar qiladi. 

Eng qizig'i, bu o'yinlarning hammasi elitada jon saqlash uchun kurashayotgan jamoalarning soyasida qolib ketishi mumkin. Oxirgi turda chempionatimizning asosiy autsayderi bo'lib turgan "Dinamo" "Qo'qon-1912"ni qabul qilsa, 12 va 13-o'rinlarni band qilgan "Neftchi" va "Surxon" ham o'zaro to'qnashadi.

Bundan tashqari, bugungi bellashuv "Hafta o'yini" bo'lishi ham qiyin masala. CHunki shu jamoalar o'rtasida 2 sentyabr kuni o'tadigan kubok chorak finalining qiymati ancha yuqoriroq. Bugun yutqazgan jamoa o'sha kuni 12 kishi bo'lib o'ynashga harakat qiladi.

Kim favorit?

Agar musobaqa jadvaliga qaralsa, mezbonlarning imkoniyati yuqoriroqdek ko'rinadi. Ammo unutmaslik kerak, "Navbahor" oxirgi 9 o'yinda Toshkent klubini yutolmagan. Bugun namanganliklar ana shu seriyani buzish uchun ham maydonga chiqishadi. 

Bir qarashda kuchlar tengdek ko'rinyapti. Lekin Dragan CHeran formada bo'lsa, kichik ustunlik "Paxtakor" tomonida.

Hakam faktori

Bugungi bahsda hammadan ko'ra bosh hakamga qiyinroq. CHunki uning qarshisida 2 ta jamoa turibdi. Istalgan qarorga ulardan biri 100% etiroz qiladi. 

Qo'shimchasiga, Toshkent klubi mazkur o'yinga hakam ularni "chopishiga" ishonch bilan kelyapti. "Paxtakor"ning bazi rasmiylari SHukurullaev 50/50 vaziyatlarda raqibga yon bosishiga ishonayotgan bo'lsa, kimlardir 1-taymning o'zida "sherlar"ga qizil kartochka ko'rsatilishini kutyapti. 



Agar siz shunday kayfiyatda maydonga chiqsangiz, to'p har gal autga chiqqanida referi sizni "o'ldirayotgan"dek tuyulaveradi. Bu futbolchilarga salbiy tasir qilishi aniq. SHunaqa tasavvur bilan o'yinga tushilsa, ko'p hollarda kimdir qizishib ketib, qizil kartochkani o'zi tilab oladi.

SHukurullaevga omad!

Klublarning birinchi davradagi to'qnashuvida ham shu hakam ishlagan edi. O'sha o'yin atrofida sodir bo'lgan voqealarni bilganim uchun Akobirxo'jaga qoyil qolganman. 

U bugun yana bir bor imtihondan o'tadi. Agar SHukurullaev yaxshi ishlab birovda etiroz qoldirmasa, rahbariyatning ishonchi yanada ortadi. Bu dastlab O'zbekiston kubogi finalida ishlash huquqini taqdim qilishi mumkin. Qo'shimchasiga, 27 yoshli arbitrda yilning eng yaxshi referisi bo'lish uchun imkoniyatlar oshib ketadi.

Xullas, Akobirxo'janing oldida qiyin, ammo faoliyatining keyingi bosqichiga yaxshi tasir qiladigan imkoniyat turibdi. Umid qilamizki, u bundan unumli foydalanadi.

P.s. Bugun stadion xavfsizligi uchun masul xodimlarga ham omad tilab, hushyorroq bo'lishni so'raymiz.

Muallifning telegramdagi kanali → FA| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика